Endi Özbekistonda ayollar va bolalarning himoyasi yanada kuçaytiriladi. Prezident imzolagan yangi farmon bilan bundan bu yoğiga tazyiq holatlariga jamiyatda murosasiz kayfiyat şakllanişi kerak. Kun.uz bilan suhbatlaşgan farmon ijrosiga mas’ul prezident administratsiyasi rahbari örinbosari Nodira Hakimovaning aytişiça, ayollar va bolalar bilan boğliq salbiy statistikalar jiddiy ösib borgani sabab jazolarni oğirlaştirişga talab ortgan.
Özbekiston prezidenti imzolagan farmon – jamiyatda ayollar va bolalarning har tomonlama himoyasini yaxşilaş, ularga tazyiq, zöravonlik holatlariga uzil-kesil javob qaytariş va murosasizlik kayfiyati şakllanişiga xizmat qilişi kerak. Hujjat bir neçta bandlardan iborat bölib, unda erta nikohlarning oldini olişdan tortib, xotin-qizlarning ijtimoiy himoyasi hamda moliyaviy savodxonligi, ularni hayotga tayyorlaş loyihalari, ta’lim imtiyozlarigaça qamrab olingan.
Uşbu farmonda keltirilgan vazifalar ijrosini ta’minlaşga mas’ullardan biri, Özbekiston prezidenti administratsiyasi rahbarining sud tizimini isloh qiliş böyiça örinbosari Nodira Hakimovaning aytişiça, oxirgi yillarda yoş qizlarning farzand köriş statistikasi, ayollarga zöravonlik böyiça hisob-kitoblar – vaziyat salbiy tomonga rivojlanayotganini körsatgan.
“Erta tuğuruq, maişiy va voyaga yetmaganlarga nisbatan zöravonlik, ajrim va boşqa statistikalar oşgani sabab özgariş qiliş payti aslida bugun emas, keça ekanligi öz isbotini topdi. Qisqa qilib aytganda zöravon va pedofillarga qarşi uruş, jang e’lon qildik”, deydi administratsiya rahbari örinbosari.
Ma’lum qilinişiça, farmon bilan ayollar va bolalarga nisbatan zöravonlik holatlariga tezkor javob qaytariş uçun SOS tugmaçalari işga tuşirilmoqda hamda mobil ilova orqali endi içki işlar organlariga xabar beriş imkoni kengayadi.
“Içki işlar organlari xodimlari SOS tugmaçasi orqali xabar berilganda uzoği 10 daqiqada yetib keladigan tizim işlab çiqyapmiz”, deydi administratsiya vakili Nodira Hakimova.
Erta nikohlarning oldini oliş – prezident farmonida alohida urğu berilgan jihatlardan biri. Buni har tomonlama tarğibot qiliş uçun 21 yoşdan keyin röyxatga olingan nikohlarga rağbat tizimi ham işlab çiqiladi.
“18 yoşdan turmuş quriş emas, 21 yoşdan keyingi nikohlarni trendga olib çiqişimiz kerak. Prezident ham şuni aytyaptilar, hayotning ma’nosini anglab, öqib, keyin oila qurişni yoşlarga tarğib qiliş asosiy vazifamizga aylanmoqda”, deydi Nodira Hakimova.
Farmon bilan pedofil va zöravonlarga qarşi uzil-kesil çoralar işlab çiqiladi. Özbekistonda endi voyaga yetmagan şaxslarga nisbatan qilingan pedofiliya jinoyatlari uçun umrbod qamoq jazosi berilişi boşlanmoqda. Administratsiya rahbari örinbosarining aytişiça, bu qarorga keliş oson bölmagan va juda köplab variantlar içkarida muhokama qilingan.
“Oson bölmadi, qaysidir ma’noda umrbod bir insonni qamaş va uni uşlab turiş ham davlat uçun ma’lum xarajat. Lekin yoş qizlarimiz, farzandlarimiz umri va şa’ni biz uçun hamma narsadan ustun edi. Kimyoviy kastratsiya varianti ham bor edi, lekin u tibbiy jihatdan qiyin amaliyot va natijadorligi kam bölgani bois biz undan voz keçdik”, deydi administratsiya rahbari örinbosari.
Bundan taşqari, farmon bilan ayollar va qizlarning har tomonlama himoyasini kuçaytirişni ta’minlaş uçun ularga ta’lim ta’tillari yoki farzand körgan xotin-qizlarga masofadan öqiş imkoniyatlari ham taqdim qilinmoqda.











