Uçqörğonda 5 yoşli qizaloqni zörlab kelgan pedofil işi sudga çiqdi. Bu haqda Namangan viloyati sudlari axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, 1974-yilda tuğilgan M.K. va boşqa şaxslarga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi JIB Norin tuman sudining iş yurituviga kelib tuşgan.

Sudning ajrimiga asosan mazkur jinoyat işi 18-noyabr kuni körib çiqiş uçun tayinlangan bölib, jabrlanuvçi voyaga yetmagani sababli iş Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi tartibida yopiq sud majlisida körib çiqilişi belgilangan.

Iş böyiça qöşimça maʼlumot sud jarayoni yakunlanganidan söng qonunçilikda belgilangan tartibda taqdim qilinişi bildirilgan.

Avvalroq Uçqörğondagi davlat boğçasida 5 yoşli qizaloq 52 yoşli “zavxoz” tomonidan bir neça marta zörlab kelingani maʼlum bölgandi. Gumonlanuvçi uşlangan va ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan. Voqeadan söng vazirlikda maxsus işçi guruh tuzilib, barça davlat boğçalarida tekşiriş boşlangandi.