Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida Narpay tumanida Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş masalalari böyiça ötkazilgan yiğilişda viloyat rahbariyati oldida kamida 9 foizli iqtisodiy ösiş qilib, yalpi hududiy mahsulotni 144 trillion sömdan oşiriş, 3 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etib, eksportni 1,2 milliard dollarga olib çiqiş vazifasi turgani qayd etildi.

100 ming aholini doimiy işli qiliş, 31 ming oilani kambağallikdan çiqarib, viloyatni işsizlik va kambağallikdan xoli hududga aylantiriş zarurligi körsatib ötildi.

Masalan, Narpay tumanida 240 mingdan ziyod aholi yaşaydi. Işsizlik 4,9 foizni, kambağallik darajasi esa 5 foizni taşkil qilmoqda. Narpay sanoat böyiça viloyatda 9-örinda, qişloq xöjaligi va servis sohasida 11-örinda turadi.

Bu körsatkiçlarni yaxşilaş uçun Narpayga reja qilingan 150 milliard sömga qöşimça yana 100 milliard söm beriladi. Kiçik va örta biznes uçun 360 milliard söm resurs ajratiladi.

Viloyatdagi magistral yöllarning 34 kilometri Narpaydan ötgani savdo va servisni rivojlantiriş uçun juda katta imkoniyat ekani ta’kidlandi. Lekin yöl böylarida 10-15 ta kiçik servis şoxobçasidan boşqa odamlarni jalb qiladigan birorta joy yöqligi körsatib ötildi.

Masalan, Mirbozor çorrahasidan kuniga 60 ming transport ötadi. Lekin bu yerdagi yöl tor bölgani uçun 2 kilometrgaça tirbandlik yuzaga kelmoqda.

Quriliş uçun xomaşyo zaxiralarining törtdan biri Narpayda joylaşgan bölsada, quriliş materiali böyiça birorta yirik korxona yöqligi qayd etildi.

Tuman sanoatining viloyatdagi uluşi 2 foiz. Hududidan 36 kilometr temir yöl ötgan, 21 gektarli kiçik sanoat zonalari bölgan tumanga bu körsatkiçlar yaraşmasligi körsatib ötildi.

Samarqanddagi suvli yerlarning qariyb 10 foizi uşbu tumanga töğri keladi. Biroq Narpay viloyatdagi qişloq xöjaligining 5 foizini ham bermaydi.

Tuman mutasaddilariga şu va boşqa muammoli masalalarni hal qiliş yöllari körsatib berildi.

Narpay tumanida 100 gektarda yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan sanoat zonasi taşkil qilinişi e’lon qilindi. U yerda joriy yilning özida 500 million dollarlik loyihalar boşlanadi.

Mutasaddilarga sun’iy intellekt yordamida har bir mahalla imkoniyatini «diagnostika» qiliş, “ösiş nuqtalari”ni aniqlab, tumanni işsizlikdan xoli hududga aylantiriş, daromadni köpaytiriş böyiça Narpay tajribasini yaratiş topşirildi.