Agar Hörmuz böğozining blokadasi iyun oyi oxirigaça davom etsa, jahon iqtisodiy ösişi ikkinçi çorakda yillik hisobda 2,9 foiz bandiga pasayadi. Bu haqda 20 mart, juma kuni Bloomberg agentligi Dallas federal zaxira banki hisob-kitoblariga tayanib xabar berdi. Böğoz 28 fevraldan — AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi boşlanganidan buyon xalqaro kema qatnovi uçun amalda yopiq holatda. WTI rusumli Texas neftining bir barreli narxi allaqaçon 97 dollardan oşib ketgan.

Dallas federal zaxira banki tadqiqotçilari blokadaning davomiyligiga qarab bir neçta ssenariyni modellaştirgan. Agar kema qatnovi bir çorakdan keyin qayta tiklansa, neft narxi bir barrel uçun 68 dollargaça arzonlaşadi, YaIM ösiş sur’ati esa 2,2 foiz bandiga oşadi. Agar blokada ikki çorak davom etsa, uçinçi çorakda neft narxi 115 dollargaça kötariladi, şundan keyin yil oxiriga borib 76 dollargaça orqaga çekinadi. Agar böğoz uç çorak davomida yopiq qolsa, yil oxiriga borib bir barrel neft narxi 132 dollargaça yetişi mumkin.

Bloomberg ta’kidlaşiça, iqtisodiyotga faqat neft narxining ösişi emas, balki uning iste’mol talabi uçun oqibatlari ham bosim ötkazmoqda. Amerika aholisi yonilği qimmatlaşayotgani sababli boşqa toifalardagi xarajatlarini qisqartira boşlagan — safarlar kamaymoqda va bir neça sent tejaş uçun yonilği quyiş şoxobçalarida navbatlar paydo bölmoqda. AQŞda dizel yonilğisining bir galloni örtaça narxi tarixda ilk bor 5 dollardan oşib ketdi. Bu esa butun milliy iqtisodiyot uçun sezilarli, çunki dizel deyarli barça tarmoqlarda işlatiladi.

Şu bilan birga, Eronning “soya flot”i Hörmuz böğozi orqali neft yetkazib berişda davom etmoqda, holbuki boşqa davlatlar uçun bu yölak böylab kema qatnovi amalda bloklangan. TankerTrackers va Kpler kema kuzatuv servislari ma’lumotlariga köra, uruş boşlanganidan beri Eron kuniga taxminan 1,1 milliondan 1,5 million barrelgaça neft eksport qilgan.