Brent fyuçerslari narxi bir barrel uçun 100 dollardan pastga tuşgan bölsa-da, yoqilği narxi hamon rekord körsatkiçlarga yaqin darajada qolmoqda. Yaqin Şarqdan hozir asosan xom neft olib çiqilmoqda, çunki Eron zarbalari oqibatidagi zararlanişlar va yangi hujumlar xavfi sabab mintaqadagi köplab neftni qayta işlaş zavodlari yopiqligiça qolmoqda. Şu bois dunyoda neft mahsulotlari tanqisligi hamon saqlanib turibdi.
The Wall Street Journal gazetasining Kpler maʼlumotlariga tayanib xabar berişiça, 21-sentabrdan 27-sentabrgaça bölgan bir hafta içida mintaqadan 160 million barreldan ortiq, yaʼni sutkasiga 23,3 million barrel neft eksport qilingan. Xuddi şunday hajm fevral oyining birinçi yarmida ham taşilgan edi. Biroq ayni paytda eksportning qariyb 55 foizi Eron tösişga tobora muvaffaqiyatsiz urinayotgan Hörmuz böğozi ostonasidagi Ömon körfazidan hamda Saudiya Arabistoni quvur orqali neft yetkazib berayotgan Qizil dengizdan amalga oşirilmoqda. Uruşdan avval esa neftning 80 foizdan ortiği aynan Hörmuz orqali jönatilar edi.
Reuters agentligining qöşimça qilişiça, sentabr oyida 14 kun davomida barça yönalişlar böyiça mintaqaviy eksport uruşdan oldingi darajadan yuqori bölgan. Holbuki, uruş boşlangunga qadar bir yil davomida bu körsatkiç sutkasiga 18 million barrelni taşkil etgan edi. Kpler tahlilçilariga köra, taʼminot hajmining yaqinda birdaniga ösişi Saudiya Arabistonining bozordagi öz uluşini tiklaş maqsadida Hörmuz orqali tankerlarda neft taşişni faollaştirgani hamda 10-sentabr kuni Iroq hududidan Eron qöllovidagi jangarilar tomonidan berilgan zarbadan söng qayta tiklangan quvur orqali neft haydaşni köpaytirgani bilan izohlanadi.
Brent fyuçerslari sentabr oyining birinçi yarmidan buyon deyarli butun vaqt davomida bir barrel uçun 100 dollardan yuqori baholandi. Biroq seşanba kuni ularning narxi 98,1 dollargaça pasaydi. Bunga saudiyaliklar tomonidan qöllab-quvvatlanuvçi Yaman hukumat qöşinlarining Qizil dengizga kemalar kiradigan Bob al-Mandib böğozi qirğoqlarini qaytarib olgani töğrisidagi xabarlar turtki böldi. Natijada Eron homiyligidagi husiylar guruhi sentabrda egallab olgan va kemalar qatnovini nazorat qiliş imkonini bergan hududlarning aksariyat qismidan çekintirildi.
Soha vakillarining WSJ naşriga bildirişiça, AQŞ neft kompaniyalari rahbarlari Hörmuz böğozidan ötayotgan kemalarni Eron öqqa tutişidan himoya qilayotgan AQŞ harbiy-dengiz kuçlaridan neft mahsulotlari ortilgan tankerlarni kuzatib borişga köproq eʼtibor qaratişni iltimos qilmoqda. Hozirgaça AQŞ asosan qariyb 2 million barrel xom neft taşiş quvvatiga ega supertankerlarga kömaklaşib kelayotgan edi.

















