Agar Hörmuz böğozi orqali neft taşiş davom etsa, AQŞ noyabr oyidagi oraliq saylovga qadar Eronga zarba bermaydi. Bu haqda AQŞ prezidenti Donald Tramp özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida maʼlum qildi.

Amerika yetakçisining sözlariga köra, Vaşington Tehron bilan «samarali muloqot» olib bormoqda.

«Biz Qöşma Ştatlarda 3-noyabr kuni bölib ötadigan oraliq saylovga qadar istalgan vaqtda Eronga hujum qilişdan tiyilib turamiz», - deb yozdi u.

Trampning oydinlik kiritişiça, Eron iqtisodiy va harbiy jihatdan «juda noçor ahvolda» ekan hamda «rekord miqdordagi neft barrellari» qabul qilinayotgan bir paytda Hörmuz böğozi blokadasi saqlanib turar ekan, hujumlar amalga oşirilmaydi. AQŞ prezidentining aytişiça, ötgan tunda böğoz orqali 22 million barrel neft olib ötilgan bölib, uning biror barreli ham Eronga kirmagan yoki Erondan çiqmagan.

Axios naşrining xabar berişiça, bir neça kun oldin Pentagon Amerika harbiylariga Eronda harbiy amaliyotlarni qayta boşlaşga tayyorgarlikni yakunlaş töğrisida körsatma bergan. Naşrning AQŞ va Isroildagi manbalari hujumlar 3-noyabrdagi AQŞ oraliq sayloviga yoki hatto 27-oktabrdagi Isroil sayloviga qadar qayta boşlanişi mumkinligini taʼkidlamoqda. Şuningdek, ular Tramp hali yakuniy qaror qabul qilmaganini qayd etişgan.