31 mart kuni kuni Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi majlisida “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat töğrisida”gi Qonunning rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlaşga oid qismi Toşkent şahridagi oliy ta’lim muassasalarida ijro etilişi holatini örganiş natijalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanişiça, olib borilgan örganişlar, aholi bilan muloqotlar, qonunçilik hujjatlarining ijro etilişi holati hamda huquqni qöllaş amaliyotining tahlili sohada ayrim muammo va kamçiliklar mavjudligini körsatgan. Xususan, harbiy tayyorgarlikdan ötiş istagida bölgan xotin-qizlar soni köpayib borayotgan bir şaroitda ularning bu boradagi huquqlarini kafolatlovçi asoslar yetarli emas.

Jumladan, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat töğrisida”gi Qonunning 16-moddasida oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi bölimida öqiyotgan faqat erkak talabalari harbiy tayyorgarlikdan ötişi belgilangan.

Senatorlar bu kabi muammolarni hal etiş maqsadida amaldagi qonun hujjatlarini çuqur tahlillar asosida örganib, takomillaştiriş masalasini körib çiqiş yuzasidan öz fikrlarini bildirdi.

Şuningdek, majlisda “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi Qonun ham dastlabki tarzda muhokama qilindi.

Muhokama yakunida Qömitaning tegişli qarorlari qabul qilindi.

Ma’lumot örnida, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat töğrisida”gi Qonunning 16-moddasida oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi bölimida öqiyotgan erkak talabalari, şuningdek tibbiy oliy ta’lim muassasalarining talabalari jinsidan qat’iy nazar harbiy tayyorgarlikdan ötişi belgilangan.