Rasmiy manbalarda fast fuddan zaharlanganlar soni 57 nafar körsatilgan bölsa-da, suriştiruv davomida şifoxonalarda davolanayotgan bemorlarning yaqinlari bu raqam 100 dan ortiq ekanini maʼlum qilişdi.


Oğirroq ekan, reanimatsiyaga olişyapti...
“21 yaşar nevaramni şifoxonaga yotqizgan edik. Endi ahvoli oğirroq bölgani uçun reanimatsiyaga olamiz deyişyapti.
Bir kun avval nevaram uyda tuşlik qilib bölib bozorga borişini aytdi. Bozorda döstini uçratgan. Bozordan çiqib, ular birga xot-dog yeyişgan. Öşa xot-dogning orqasidan şunça taşviş orttirdik.
Uyimiz xot-dog sotadigan şoxobçaning orqasida. Uyga olib kelib ham, oşxonasiga borib ham tez-tez xot-dog va boşqa taomlaridan isteʼmol qilib turardik. Avval bunday holat kuzatilmagan edi. Endi qölimizdan nima ham kelardi? Alloh şifo bersin barça bemorlarga”, deydi nevarasi şifoxonada davolanayotgan Dilbaroy aya Dehqonova.

Bemorlar 200 kişidan oşiq...
“18-sentabr kuni qizim darsdan mazasi qoçib, uyga qaytib keldi. Harorati kötarilib töşakka mixlandi. Avvaliga gripp deb öylab, dori-darmon qildik. Keyinçalik qorni oğrib, oğriq tobora kuçayişni boşladi. Suriştirsak, bir kun oldin, 17-sentabr kuni qizlar bilan şovurma yeyişgan ekan. Şifoxonaga keldik. Hozir isitmasi tuşib, ança öziga kelib qoldi. Şifoxonaga juda köp bemor keldi. Hattoki joy topiş muammo böldi. Joy yetmaganlar xususiy şifoxonalarga ham jönatildi. Reanimatsiyada ham bemorlar bor. Oğir kasallar reanimatsiya bölimida. Bilganim, zaharlanganlar 200 kişidan oşiq. Kasallikni oşkor qilmay, uyida davolanib turganlar ham bor”, deydi qizini şifoxonada davolatayotgan ona.

Joy yetmagan bemorlar xususiy şifoxonalarda...
“16-sentabr kuni soat 22:00 da fast fud yegani borgan edim. Xot-dogni yarmigaça yedim hamki ozroq hidlangani sezildi. Qornim oçligi uçun bunga ahamiyat bermay hammasini yedim. Keyin uyga kirib, uxlaşga yotdim. Soat 2:00 larda tösatdan oşqozonim oğrib uyğonib ketdim. Ertalab soat 3:00 larga yaqin “yugurtirdi”. Ertasi kuni işxonada boşim oğrib, qon bosimim oşib ketdi. Ilojsizlikdan şifoxonaga yotişga majbur böldim.















