Sönggi bir yil içida Rossiyadagi quriliş maydonlarida mehnat migrantlari soni köpaydi. Bu haqda Quruvçilar milliy birlaşmasi («NOSTROY») prezidenti Anton Gluşkov maʼlum qildi. Uning sözlarini «RIA Novosti» agentligi keltirgan.
Uning sözlariga köra, ayni paytda uşbu obyektlarda 20 mingga yaqin xorijiy işçi mehnat qilmoqda. Bu sönggi ön yillikdagi körsatkiçlar bilan taqqoslaganda qariyb beş foizga köpdir.
Odatda, migrantlar Markaziy Osiyodan kelmoqda. Hozir ular orasida Özbekistondan kelayotganlari biroz köproq, Tojikistondan esa biroz kamroq. Bundan taşqari, Rossiya Hindiston, Pokiston, Bangladeş, Myanma va Vetnam kabi mamlakatlardan ham işçilarni jalb qila boşladi.
Gluşkov Sibir va Uzoq Şarqda işlaydigan şimoliy koreyalik quruvçilar haqida ham fikr bildirdi. Uning aytişiça, ular özini juda yaxşi tomondan körsatgan. Ular intizomliligi, yuqori mehnat unumdorligi, migratsiya siyosati borasida muammolar keltirib çiqarmasligi va Rossiya qonunçiligiga qatʼiy rioya qilişi bilan ajralib turadi.
Ötgan yil yakunlariga köra, Rossiya Şimoliy Koreya fuqarolariga 36413 ta viza bergan, bu bir yil avvalgiga nisbatan deyarli tört baravar köpdir.












