AQŞ vitse-prezidenti Jyey Di Vens AQŞ va Eron Islomoboddagi muzokaralarda kelişuvga erişa olmaganini ma’lum qildi.

«Eronliklar bilan mazmunli muhokamalar bölib ötdi, bu yaxşi yangilik. Yomon yangilik şundaki, biz kelişuvga erişa olmadik va menimça bu Qöşma Ştatlarga qaraganda Eron uçun yomon yangilik. Afsuski, biz heç qanday ösişga erişa olmadik», degan Amerika muzokaraçilari guruhiga rahbarlik qilgan vitse-prezident.

U Eron AQŞning şartlarini qabul qilmaslikka qaror qilgani va delegatsiya Qöşma Ştatlarga qaytayotganini ma’lum qilgan.

Vens yadro quroli masalasi AQŞning Eron bilan muzokaralardagi asosiy masala hisoblanişi hamda prezident Trampning asosiy vazifasi – Tehron hozir ham, kelgusida ham yadro quroliga ega bölişiga yöl qöymaslik ekanini qayd etgan. Vensning sözlariga köra, Islomoboddagi muzokaralarda Qöşma Ştatlar eronliklarning yadro qurolini işlab çiqmaslik majburiyatini olişga tayyorligini körmagan.

U AQŞ Erondan yadro quroliga yoki uni yaratişni tezlaştirişga yordam beruvçi vositalarga ega bölişga intilmaslik böyiça «qat’iy majburiyat» olişni istaşini va bu AQŞning özgarmas şarti ekanini qayd etgan:

«Biz bu yerdan juda oddiy taklif bilan ketyapmiz, bu bizning özaro kelişuvga erişiş uçun eng yaxşi va yakuniy taklifimiz. Köramiz, eronliklar uni qabul qilarmikin».

Eron taşqi işlar vazirligi rasmiysi Ismoil Baqoiy muzokaralar işonçsizlik muhitida ötgani hamda birgina uçraşuvda kelişuvga erişib bölmasligi haqida gapirgan. Şu bilan birga, u «asosiy masalalarda fikrlar turliça bölgani»ga qaramay, tomonlarning qator masalalardagi fikri bir joydan çiqqanini qayd etgan. U Eron diplomatik sa’y-harakatlarni davom ettirişga oçiqligi, Pokiston va boşqa vositaçilar bilan doimiy aloqada bölişini ma’lum qilgan.

Erondagi naşrlar Amerikaning muzokaralardagi şartlarini haddan taşqari oğir bölgani haqida yozişgan. Xususan, Tasnim agentligiga köra, AQŞ boyitilgan uran Erondan olib çiqilişini talab qilgan. Financial Times tomonlar Hörmuz böğozi oçilişi masalasida ham boşi berk köçaga kirib qolganini xabar qilgan.

AQŞ prezidenti Donald Tramp muzokaralar yakunlangan vaqtda UFC turnirini tomoşa qilayotgandi.

U oldinroq Pokistondagi muzokaralar natijasi özini qiziqtirmasligi, «AQŞ bu uruşda allaqaçon ğolib bölgani», eronliklarning aviatsiyasi, floti va rahbariyati yöq qilingani haqidagi gaplarini takrorlagandi. Muzokaralar yakunlanganidan keyin u töğridan töğri munosabat bildirmadi, ammo ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangan taqdirda AQŞ Eronni dengiz orqali qamal qilişi mumkinligi haqidagi maqolaga havola berdi.

Amerikalik harbiylar 11 aprel kuniyoq Hörmuz böğozini tozalaş böyiça amaliyotga tayyorgarlik körişni boşlagan – şu kuni AQŞ flotining ikkita harbiy kemasi böğozni kesib ötgan. Islom inqilobi muhofizlari korpusi esa 12 aprel kuni harbiy kemalarning böğozni kesib ötişga bölgan har qanday urinişi töxtatilişini ma’lum qildi. Korpus bayonotida böğozni faqat savdo kemalari ma’lum şartlar asosida kesib ötişi mumkinligi qayd etilgan. Bu xabarga köra, böğoz suvlari hozirça kemalar qatnovi uçun yopiq qolmoqda.