Eron Islomobodda ötkazilişi rejalaştirilgan AQŞ bilan muzokaralarning ikkinçi bosqiçida qatnaşmaydi, deb xabar qildi IRNA agentligi.
"Eron AQŞ bilan muzokaralarning ikkinçi bosqiçida qatnaşişdan boş tortdi", — deyiladi agentlik xabarida.
Tehron uşbu qarorni Vaşingtonning haddan ortiq talablari va voqelikdan uzoq kutilmalari hamda AQŞ tomonidan Hörmuz böğozi qamali davom etayotgani bilan izohladi.
Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp Amerika delegatsiyasi Eron bilan muzokara ötkaziş uçun Islomobodga yöl olganini aytgandi.
Oq uy rahbari özaro kelişuv imzolanişiga umid bildirgan, lekin şu bilan birga, agar Eron kelişuvga rozi bölmasa, mamlakatdagi barça elektr stansiyalari va köpriklarni yöq qiliş bilan tahdid qilgandi.
Muzokaralarning birinçi bosqiçi ötgan haftada Islomobodda bölib ötdi, ammo tomonlar ayrim masalalarda murosaga kela olişmadi.












