“Pulni hamma yaxşi köradi. Lekin pul deb özligimni yöqotmaslikka harakat qilaman. Pul bizning xöjayinimiz emas”: jurnalist Nilufar Umrzoqova hayotida pul va prinsip töqnaş kelgan vaziyatlar haqida gapirdi.

Turtki podkastida xalq orasida tanilgan şaxslar bilan suhbatlar davom etadi. Bu gal podkast mehmoni jurnalist Nilufar Umrzoqova jurnalistikada halollik, qöşimça daromad qilişga majbur bölgan davrlar, oila va kasb örtasidagi tanlovlar haqida oçiq gapirdi. Aytişiça, bir vaqtlar faqat maoş bilan farzand ta’limi va kundalik ehtiyojlarni qoplaş qiyin bölgan va şu sabab tadbirkorlikka ham qadam qöygan.

U şuningdek, pul va qadriyatlar masalasida öz pozitsiyasini ham oçiq bildirdi — inson pulni boşqarişi kerak, aksinça emas.

Katta pulning jozibasi bor

“Yaqinda mana şunaqa voqea böldi. Jazoni ijro etiş muassasasida köp körsatuvlar tayyorlayapmiz. Kirib-çiqib yuribman. Bir mahkumning onasi qattiq kasal bölib qolibdi. Yaqinlari çiqişdi menga: ‘Iltimos, bir keçaga olib çiqib bering, onalari ölim töşagida yotibdi’, deb.

Katta pul taklif qilişdi. 10 000 dollar, bitta maşina. Bu qonunga zid. Men hatto iltimos ham qilmadim. Aytmadim ham heç kimga. Hayotda şunaqa voqealar böladi. Katta pulning jozibasi bor. Lekin ong bilan bilib turibsiz - bu notöğri. Bu qonunga zid. Halol emas. Şu yerda töxtatasiz. Böldi.”

Podkast davomida Nilufar Umrzoqovaning kuçli ayollarga nisbatan fikrlari, farzandini öqitiş uçun biznesga qöl urgani va jurnalistik faoliyatidagi muhim burilişlar kabi mavzularda ham fikr bildirdi.

Suhbatda ekran ortidagi inson, öz körsatuvlari bilan har bir oilaga kirib borgan jurnalistning tanlovlari, bosimlar va anglaganlari haqida eksklyuziv ma’lumotlar bilan tanişing.