Fotima Nazarova, Şahzoda Albayeva va Komila Murodovani nafaqat vaynlar, balki oğir hayot sinovlari ham birlaştirgan. Biri sahnada tan olinmagan, biri tört nafar farzandini katta qiliş uçun kuraşgan, yana biri bolalikdagi bullinglar sabab aktrisalik orzusiga yetişişni maqsad qilgan. Ular qiyinçiliklarni yumorga aylantirib, ijtimoiy tarmoqlarda öz auditoriyasini topdi. Ammo daromadga muhtoj bölsa ham, dori, klinika va işonçsiz qurilişlar reklamasidan voz keçişini aytmoqda.
Kun.uz xalq orasida öz auditoriyasiga ega bölayotgan uçlik Sohiba qalpoq, Komilalolo va Şahzoda Zarifjonovna taxallusi bilan faoliyat yuritayotgan vaynerlar bilan suhbatlaşdi.
"Uç qismat – bir dard!"
Dard! Közyoşlar va yaşab qoliş uçun kuraş! Ba’zan hayot sinovlari kimningdir qaddini egib qöysa, ba’zilar esa qayta oyoqqa turiş uçun tinimsiz mehnat qiladi. Bizning oramizda şunday insonlar borki, ularning yöllarini dard birlaştirgan. Har qanday qayğuni kulgi bilan yenga olgan. Tanlagan kasbida işlaş uçun judayam köp eşiklar oldida sarğaygan bölsa-da, ammo sahna ularni tanlamadi. Ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanişi ularning iste’dodlarini yuzaga çiqariş uçun maydon böla oldi. Hatto ular bilan gaplaşişni istamagan, qadrini yerga urganlar bugun iç-içidan ularning qayta oyoqqa turganiga jimgina tan berişgani haqiqat!
Bugungi suhbatdoşlarimiz şak-şubhasiz yuqoridagi e’tiroflarga loyiqdir. Vaynerlar Fotima Nazarova, Şahzoda Albayeva, Komila Murodova. Bu uçlik birlaşişdagi oliy maqsadlari yaşab qoliş uçun kuraş ekanligini berkitişmadi. Oddiy sodda özbegim ayollari. Gardanidagi mas’uliyat ölaroq dardni yumorga almaştira olgan bu opa-singillarimiz, pulsiz qolsak-da “biz 3 turdagi reklamalarni ommaga olib çiqmaymiz” – deyişmoqda. Prinsipli ular.
Tan oliş kerak bugungi kunda vaynlarga köpçilikning munosabati yaxşi emas. Qabul qilişolmaydi. Bir zamonlar odamlar mahallada, çoyxonada, töy-tomoşalarda yiğilib qolganda aytiladigan maişiy muammolar, bugun zamon zayli bilan internetga köçdi. Kimdir baçkanalik qilsa, yana kimdir ba’zi muammolarni kulgiga aylantirib tarmoqqa joylamoqda. Aslida internet janrlaridan biriga aylangan vaynlar dastlab Fransiyada 1895 yildan, bundan 131 yil oldin ilk marta bor-yöği 45 soniyalik “L'Arroseur arrosé” (“Suv sepuvçi”) nomli komedik film körinişida tasvirga olingan. Voqeasi quyidagiça. Boğbon suv sepmoqda bir bola kelib, boğbonning şlangini bosib turib, suv kelişini töxtatmoqda. Bir qaraşda u qadar kulgili emasdek. Ammo öşa davr uçun bu ham yangilik ölaroq, san’atda yangi janr paydo qilgan. Tomoşabinlar esa buni kulgili deb hisoblagan va zavqlanişgan. Davomiyligi nuqtai nazaridan hozirgi vaynlarga öxşaşroq, sezgandirsi?.. Ya’ni kino tarixidagi ilk komediyalardan biri hozirgi vayn bilan deyarli teng bölgan.
Biz vaynlar yaxşi yoki yomon degan fikrni muhokama qilişdan yiroqmiz. Tomoşabinning öz munosabati bor va vayn tomoşa qilib katta bölayotgan avlod şakllandi. Nima bölsa-da hayotimizning bir bölagidir vaynlar. E’tiboringizni tan olinmagan iqtidorlilar vaynlar orqali iste’dodini namoyon etib, oiladagi mas’uliyatini ado etayotgan uçlik Fotima Nazarova, Şahzoda Albayeva, Komila Murodovaga qaratmoqçimiz.
Fotima Nazarova asli hozirgi Özbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Musiqali drama yönalişida tahsil olgan. Şahzoda Albayevaning asl kasbi iqtisodçi. Komila Murodova esa hamşira bölib işlagan. Jamoa tasvirçisi va montaj ustasi Fotima opaning 17 yoşli öğli Mahmud. Ssenariy muallifi va ma’mur Şahzoda. U “Fotima opaning tajribasiga suyanaman” - demoqda. San’at sohasida ta’lim olmagan Şahzoda va Komilada aktrisa bölib maşhurlikka erişiş istagi bolaligidanoq paydo bölgan ekan. Jamoani jam qilgan sardor bu Fotima opa Nazarova.
“Bobur Mansurovga borib yurganimda, birinçi Şahzodani körganman. Mana şu qiz zör dedim ularga aytdim-da. “Yomon” tipaj dedim. Şunaqa qilib, keyin Komila biz bilan işlaysanmi desam, Rahmiddin bilan işlardi. Ha, dedi. Şu bilan Boburlar, mayli, sizga bölsa mayli opa dedi. Keyin Şahzodani ham Bobur Mansurovda kördim. Voy, opa, sizning muxlisingizman dedi keyin. Voy, aylanay dedim-da, keyin, Şahzoda, ssenariy yozasan-ku, bizga öt deb, şunaqa qilib birlaşib ketdik.” – deb xotiralarni esladi Fotima Nazarova.

“Biz dori reklama qilmaymiz”
Jamoadan reklamalarni saralaş masalasida öz munosabatlarini söradik. Şu narsa ma’lum böldiki, ular 3 turdagi reklamalarni ommaga e’lon qilişmas ekan.
“Biz dorini heç qaçon reklama qilmaymiz. Umuman olmaymiz dori reklamasini. Keyin klinikalarni reklama qilmaymiz. Sababçi bölib qolişdan qörqamiz. Çunki hammani organizmi har xil. Eng oxirgisi qurilişlarni öylab qilamiz, qilsak agar. Qarğişga qolmaylik deb qurilişni ham öylab köramiz.”
“Rizqimiz albatta keladi”...
Heç öylab körganmisizlar, YouTube, Instagram platformasi bor hozir. Agar şu platformalarga çeklovlar bölib qolsa yoki töxtatilsa yoki yöqolib qolsa-da. Nima böladi keyin? Şu haqida öylaganmisizlar deb söradik ulardan.
“Öylaganman”, – deydi Şahzoda. “Aytaman-ku, birxillikdan zerikaman deb. Bu yönalişdan ham zerikib qolmayman deb javob bera olmayman özimga. Izlaganga yöl köp. Xavotir olmaymiz. Rizq berguvçi Alloh. Bizning şiorimiz şu. Rizq Allohdan. Biz bu yönalişda bölamizmi, boşqa yönalişda bölamizmi, mana şu nonimiz keladi baribir. Qörquv yöq. Yöq, yöq, umuman qörqmaslik kerak”.
“Vaynlar vaqtinçalik!”
Fotima opa Siz nima deb öylaysiz, vaynlarning umri qança, qança vaqtdan keyin vaynlarni xalq qabul qilmay qöyadi, sizningça?
“Menimça, tegirmon navbati bilan deydi-ku. Bir mahallar kino zör edi. Undan keyin seriallar zör böldi. Serialdan keyin sekin-sekin komediya rivojlandi. Mana eng qisqasi vaynlar, endi odamlarning boşqasiga sabri qolmadi. Hozirça öşa Instagram. Bu ham bir kun yöq böladi. Hamma narsa aylanib kelaveradi. Endi qaçon yöq böladi, uni Alloh biladi. Öşa qörqmaslik kerak. Allohning aytganini qiliş kerak. Rizqni beraveradi. Vayndan keyin. Özi şunaqa çevar, şunaqa yölini qilib qöyadi. Men oldin qörqardim. Rostdan ham Allohni tanimasdan oldin men qörqardim. Ertaga nima böladi, nima qilaman, oç qolsak-çi, unaqa qilsak-çi, qayğuga botar edim. Hozir bitta ham qayğurmayman. Çunki Allohim bor. Mehribon.”

“Törtta çaqaloq. Tört quti bötqa”
Fotima Nazarovaning fikrlariga Şahzoda Albayeva qöşimça qildi.
“Bizni hayot şunaqa tarbiyalab qöydi-da. Biz oç qolişdan yoki rizqimiz kelmay qolişidan qörqmaydigan bölib qoldik. Qörqmayman. Qiyinçiliklar şunaqa qilib qöydi desak ham böladi. Vaqtida, aytaman, törtta çaqaloq. Tört öram taglik, tört quti bötqa deganida bu arzon narsa emas. Buni boşga tuşganlar biladi. Bitta bötqa va taglik olsak, ikki kunga yetadi. Mana bugun olsam, bugun xursand bölaman, ertaga yediraman, indiniga yana öylanişim kerak. U bötqa qurğur ham arzon narsa emas. Öşa paytlar Fotima opa aytmoqçi, ertaga nima qilaman degan qörquv bor edi. Keyin özimni özim kasal qilaman qarasam. Öşa qörquvni qöyib yuborganimdan keyin hayotim şunaqa yaxşilanib ketdi, işoning. Insonlar öşa qörquvni qöyib yuboriş kerak özidan.”
“5000 dollar yiğildi”
Fotima Nazarova uzoq yillar davomida öz uyi bölişini orzu qilib yaşagan. Xalqning yordami bilan bugun vatanli böldim demoqda suhbatdoşimiz.
“Allohga şukur, 30 yil deganda mana şu uyni qurib oldim. Hali kamçiliklari rosa köp. Men bölmasa, karta qöyinglar, menga yordam beringlar deganim yöq xalqqa. Şunçaki hayotimni gapirib berdim, xolos. Rahmi kelib, şunaqa yaxşi insonlar bor ekan. Keyin 5000 dollar yiğildi. Şu sabab böldi. 5000 dollarga betonini quydim. Keyin bu yoği yana xayr-ehson, reklamalar, barterlar, xullas uy bitdi. Men haqimda, mening oilam, bolalarim haqida yaxşi duoda bölganlardan ilohim, Alloh rozi bölsin, ikki dunyo saodatini bersin.”
“Bir tiyinga olişmagan”
“Xalqqa tanilmasimdan oldin, lekin rosa yerga urişgan, uni bilaman. Endi uni aytib ötirişim şart emas. Muqimiy teatrida işlaganman. Köp joylarda bölganman. Bir tiyinga olişmagan. Ana endi hozir yuzaga çiqqandan keyin olişyapti, mayli. Şunaqa. Lekin öşa heç kim bölmagan paytimda ham Foti-Foti, Fotima deb qöllaganlar bor, san’atkorlar içida.” – deya qadrsizlantirganlardan ranjiganini berkitmadi qahramonimiz.
“Kontent fikrlarni özgartirişi mumkin”
Oila va turmuşdagi ba’zi muammolar sabab, 4 nafar egizak farzandlarni katta qiliş uçun yanada kuraşişga bel boğlagan Şahzoda Albayevaning Instagram sahifasidagi kontentlar asosan xotin-qizlarga motivatsiya berişga qaratilgan. Şahzodaning kuzatuvçilari asosan 20-35 yoş oraliğidagi ekan. Va biz suhbatdoşimizga sahifangizga joylayotgan kontentlarni saralaysizmi, heç öylaganmisiz, kimgadir ta’sir qilib qöymadimmi, misol uçun kimningdir hayotini özgartirib yubormayapmanmi deb xavotir böladimi deb savol berdik.
“Öylaganman, çunki juda köp odamni boşqa taraflama, yomon tarafga ham burib yuborişi mumkin kontentimiz. Fikrini özgartirişi mumkin-da. Öşanda kommentariyaga yozadi, şaxsiy direktimga yozişadi, ayol-qizlar juda köp muammolari bilan. Aytaman, har kimning hayotidagi vaziyat har xil. Holatlar öxşaş bölişi mumkin, lekin vaziyat boşqaça. Agar oilani uşlab qoladigan vaziyat bölsa, u vaziyatda imkon boriça uşlab qoliş kerak deyman.”
Töliq intervyuni quyidagi havola orqali tomoşa qiling.







