Soliq maslahatçisi Nodirbek Xöjabekov Kun.uzʼga bergan intervyusida markirovkalaş qoidalarini buzganlik uçun qöllanayotgan jarimalar tizimi amalda qanday işlayotgani va sönggi özgartirişlar ortidan biznes zimmasiga tuşayotgan yuk haqida fikr bildirdi. Uning aytişiça, ayrim hollarda juda kiçik qoidabuzarliklar uçun milliardlab söm jarimalar qöllangan. “96 ming sömlik mahsulot sabab 140 milliard söm jarima qöllangan. Biz bu holatlarni sudlarda isbotladik: bu markirovkalaş emas, savdo qoidasini buziş deb qaraldi va yutib çiqdik”, - deydi mutaxassis. Şundan keyin 833-sonli qarorga özgartiriş kiritildi: endi donalab sotişda ham bu holat markirovkalaş qoidasini buziş sifatida qaraladi. “Natijada firmalar bankrot holatiga olib kelinyapti”, - deydi soliq maslahatçisi.
Soliq maslahatçisi Nodirbek Xöjabekov Kun.uzʼga bergan intervyusida markirovkalaş qoidalarini buzganlik uçun jarimalar nihoyatda oğir ekani haqida gapirdi.
“Jarimalar adolatlimi degan savolga men bitta pozitsiyada turib, “ha, adolatli” deb javob berardim — agar qoida töğri qöllansa. Bu Soliq kodeksining 221 prim 1-moddasi bilan boğliq. Unga köra, markirovkalaş qoidasini buzganlarga çoraklik oborotning 2 foizi miqdorida jarima qöllanadi, agar yil davomida takrorlansa — 20 foiz.
Markirovkalaş qoidasini buziş nima degani? Buni Vazirlar Mahkamasining 833-son qarori asosida tuşunamiz. Şu qaror bilan tasdiqlangan yöriqnomada aniq yozilgan: işlab çiqaruvçilar va import qiluvçilar tomonidan markirovka qilinmagan tovarni işlab çiqariş yoki sotiş — markirovkalaş qoidasini buziş hisoblanadi. Ya’ni markirovkalanmagan tovar katta hajmda bozorga çiqib ketişining oldini oliş. Masalan, işlab çiqaruvçi markirovkasiz mahsulotni köp miqdorda çiqarişi yoki import qiluvçi olib kirgan mahsulotining bir qismini yaşirib sotişi mumkin. Şu holatlar uçun aylanmadan 2 yoki 20 foizlik jarima belgilangan. Bu ma’lum darajada adolatli edi.
Lekin amaliyotda boşqaça qöllandi. Oddiy çakana savdoda ham — masalan, dorixonada arzon sitramon yoki içimlik sotilganda markirovka ötmay qolsa — şu korxonaning uç oylik oborotidan 2 foiz jarima qöllana boşladi”, - deydi u.
Mutaxassis yirik dorixonalar yuzlab filiallari bölgan dorixonalar tarmoğini misol keltirib, qaysidir bitta filialida ming sömlik sitramon markirovkasiz sotilsa, butun tarmoqning oborotidan jarima hisoblanişiga urğu berdi.
“Vaholanki, 833-son qarorda aniq yozilgan: bu norma işlab çiqaruvçilar va import qiluvçilarga nisbatan qöllanadi. Çakana va ulgurji savdoda esa bu holat savdo qoidasini buziş hisoblanadi.
Şunga qaramay, amaliyotda hattoki donalab sotişda ham markirovkalaş qoidasi buzildi deb, 221 prim 1-modda böyiça oborotdan jarima qöllangan.
Masalan, bitta qadoqdagi 10 dona Tsitramonni sotişda markirovka skanerdan ötmasa — butun korxona oborotidan jarima hisoblanadi. “Birnima-farm” kabi korxonalarda ham şunday holatlar bölgan — oxirgi uç oylik oborotidan 2 foiz jarima qöllanadi”, - dedi Nodirbek Xöjabekov.
Eng keskin holatlardan biri — 96 ming sömlik mahsulot sabab 140 milliard söm jarima qöllangan. Bu korxonaning asosiy oboroti işlab çiqariş (120 mlrd), qolgan qismi mehmonxona va umumiy ovqatlaniş faoliyati edi. Aynan barda 96 ming sömlik mahsulot markirovkasiz sotilgani uçun butun oborotdan jarima hisoblangan.
“Bu amaliyot notöğri qöllangan, çunki 833-son qarorga zid edi. Norma aslida faqat işlab çiqaruvçi va import qiluvçilarga qöllanişi kerak edi. Biz bu holatlarni sudlarda isbotladik: bu markirovkalaş emas, savdo qoidasini buziş deb qaraldi va yutib çiqildi.
Ammo keyinçalik 833-son qarorga özgartiriş kiritildi. Endi donalab sotişda ham bu holat markirovkalaş qoidasini buziş sifatida qaraladi. Natijada bugun: agar dorixonada yoki supermarketda bitta mahsulot markirovkasi skanerdan ötmay qolsa ham, butun korxonaning uç oylik oborotidan 2 foiz jarima qöllaş qonuniylaştirildi.
Bu özgartiriş 2026 yil 23 yanvardan kuçga kirgan. Natijada firmalar bankrotlik holatiga olib kelib qöyilmoqda”, - dedi mutaxassis.







