Hududlarda yölovçi taşiş qoidalarini buziş bilan boğliq aniqlanayotgan holatlar asosan bolalarga aloqador. Bu haqda Kun.uz’ga YHXX axborot xizmati rahbari Zoyir Yöldoşev ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga köra, joriy yilning 1-5 may kunlari respublikada YPX xodimlari tomonidan bolalarni taşiş bilan boğliq 40 ta qoidabuzarlik aniqlangan. Ularning barçasida haydovçilarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzilib, tegişli çoralar körilgan.
“Damas’ga 32 nafar, Spark’ka 18 nafar yoki Matiz’ga 14 nafar bolani xöjalik buyumini ortganday mindirib, taşiş holatlarini köryapmiz. Bu asosan xususiy boğçalar mas’ullari qöşimça daromad oliş maqsadida bolalarni uylariga yetkazib berişni yölga qöygan holatlarda uçrayapti. Biroq voyaga yetmaganlarni taşişda qoidalar qöpol ravişda buzilmoqda, ularning salomatligiga jiddiy xavf tuğdirayotgan holatlar ham bor”, deydi Zoyir Yöldoşev.
Kuzatilayotgan holatlarda ota-onalar negadir öz farzandlarining xavfsizligiga nisbatan e’tiborsiz bölişgan. Ya’ni ular bolalar ustma-ust tiqilgan maşinaga öz farzandini heç bir e’tirozsiz mindirib yuboraverişgan. Bu muammoga qarşi çoralar körişda ta’lim va mahalla tizimida ham tarğibot işlari olib boriş zarurati borligini körsatmoqda.
Eslatib ötamiz, 5 may kuni Navoiy viloyatining Nurota tumanida 14 nafar bolani (13 nafari boğça bolasi, biri çaqaloq) taşib ketayotgan Matiz YTHga uçradi. Oqibatda maşinani boşqargan ayol vafot etdi, bolalar esa turli darajada tan jarohati oldi.
YHXX holatga munosabat bildirib, maşina haydovçining tajribasizligi va çalğişi oqibatida yöldan çiqib ketib ağdarilganini ma’lum qildi. Nurota tumani hokimligiga köra, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Navoiy viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi esa holat yuzasidan işçi guruh taşkil etilganini bildirdi.








