Köçaning örtasidagi oddiy janjal ba’zan kitoblardagi eng katta falsafadan ham kuçliroq ta’sir qiladi. Çunki katta haqiqatlar doim ham uruş yoki fojia orqali oçilmaydi. Ba’zan bitta itning hurişi, bir odamning baqirişi va atrofga töplangan olomonning munosabati butun jamiyatning haqiqiy qiyofasini körsatib qöyadi.

5 daqiqa’ning navbatdagi sonida Anton Çexovning “Buqalamun” hikoyasi haqida gaplaşamiz.

Asar voqealari juda tez boşlanadi. Köçada şovqin kötarilgan. Odamlar nimadir atrofida töplanib turişibdi. Şu payt politsiya nazoratçisi Oçumelov paydo böladi. Uning qiyofasida mansabdorlarga xos jiddiylik bor. U maydonga kelişi bilanoq özini tartib va qonun ramzi qilib körsatişga harakat qiladi. Göyo hoziroq adolat qaror topadigandek.

Ma’lum bölişiça, janjalga kiçik bir it sabab bölibdi. U bir odamning barmoğini tişlab olgan. Jabrlangan Xryukin buni katta voqeaga aylantirib, atrofdagilarga jarohatini körsatyapti.

Oçumelov dastlab holatga juda keskin munosabat bildiradi. U darrov itni jazolaş, egasini topiş, tartib örnatiş haqida gapira boşlaydi. Uning harakatlarida “men qonunman” degan kayfiyat bor edi. Lekin asarning haqiqiy kuçi ham aynan şu yerdan boşlanadi.

Kimdir itning egasi katta amaldorlardan biri bölişi mumkinligini aytadi. Va şu zahoti Oçumelovning butun ohangi özgaradi. Hozirgina qattiq jazo haqida gapirayotgan odam birdan yumşab qoladi. Itga rahmi kela boşlaydi. Jabrlangan odamning öziga esa şubha bilan qaraydi. Göyo, aybdor endi u bölib qolgandek.

Bu holat öquvçiga kulgili körinadi. Biroq Çexov bu kulgini şunçaki hazil uçun işlatmaydi. U odam tabiatidagi oğriqli nuqtani oçadi. Çunki Oçumelov haqiqatga qarab emas, kim kuçli ekaniga qarab qaror çiqaryapti. Asardagi eng qörqinçli narsa ham şu: haqiqat özgargani yöq, munosabat özgarmoqda, xolos.

Oradan biroz ötib yana boşqa gap çiqadi. It ehtimol u odamniki emasdir. Va yana vaziyat teskari aylanadi. Oçumelov yana qattiqqöl tusga kiradi. Ovozi yana balandlaşadi. Yana qonun, jazo, tartib haqida gapira boşlaydi. Keyin yana yangi taxmin paydo böladi va yana munosabat özgaradi.

Asar davomida şu holat bir neça marta takrorlanadi. Har safar itning kimga tegişli ekani haqida yangi fikr çiqişi bilan Oçumelovning “rangi” özgarib boraveradi. Bir lahzada qattiqqöl amaldor, keyin mehribon himoyaçi, ortidan yana ğazablangan politsiyaçi. Va bu özgarişlar şunçalik tez keçadiki, öquvçi kulib yubormasdan iloji yöq.

Lekin “Buqalamun”ning kulgisi odatdagi kulgi emas. Bu - aççiq kulgi. Çunki hikoya tugagunça öquvçi bir haqiqatni anglay boşlaydi: bu yerda heç kim adolatni izlamayapti. Hamma kim kuçli ekanini bilişga harakat qilyapti. Şuning uçun voqeadagi har bir inson muhitga qarab özgarib boraveradi.

Oçumelov yagona emas. U - mansab oldida özgarib turadigan inson timsoli. Uning har bir harakatida qörquv bor. U kuçli odamga qarşi çiqişdan qörqadi. Şuning uçun haqiqatni emas, xavfsiz tomonni tanlaydi. Va eng qiziği, u buni öziga ham sezdirmaslikka harakat qiladi. U har safar öz fikrini “mantiq” bilan asoslaşga urinadi.

Jabrlangan döstimiz Xryukin ham ajoyib. U avval özini haq tomonda deb his qiladi. Barmoğini hammaga körsatib, adolat talab qiladi. Ammo vaziyat özgargani sari u ham sekin orqaga çekina boşlaydi. Göyo haqiqatning özi ham mansab qarşisida ojiz qoladi.

Ehtimol, “Buqalamun”ning eng oğir haqiqati ham şu. Biz asarni öqib Oçumelov ustidan kulamiz. Lekin kitob yopilgandan keyin bir savol öquvçini bezovta qila boşlaydi: xöş, biz mansab oldida turlanmayapmizmi?