Eron TIV rasmiy vakili Ismoil Baqoiy matbuot anjumanida Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Eron milliy jamoasiga bölajak jahon çempionatida iştirok etiş böyiça kafolat berganini ma’lum qildi.

«Ikki kun oldin Turkiyada Eron futbol federatsiyasi vakillari va FIFA yuqori martabali vakillari örtasida uçraşuv bölib ötdi, unda bizga FIFA mezbon tomonlarning me’yorlarga rioya qilişi uçun barça sa’y-harakatlarni amalga oşirişi haqida kafolat berildi», dedi Baqoiy.

Kafolatlar eronlik sportçilarning huquqlarini ta’minlaş, viza beriş va xavfsizlikni ta’minlaş bilan boğliq. Ilgari Eron AQŞ bilan keskin munosabatlar tufayli iştirok etiş uçun 10 ta şart qöygan edi (jumladan, delegatsiyaning barça a’zolari uçun viza masalalari, bayroq va madhiyaga hurmat, xavfsizlik).

Jahon çempionati 11 iyundan 19 iyulgaça AQŞ, Kanada va Meksikada bölib ötadi. Eron JÇ-2026 qur’asiga köra, G guruhida Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya bilan öynaşi, har uçala öyin ham AQŞ hududida ötkazilişi kerak.

Avvalroq Eron milliy jamoasi viza muammolari tufayli 2026 yilgi jahon çempionatini ötkazib yuborişi mumkinligi xabar qilingandi. Şuningdek, AQŞ va Isroilning Eronga hujumi ham bu masalani söroq ostida qoldirgan edi.