Hujjatga köra, lift va lift xavfsizlik qurilmalariga nisbatan muvofiqlikni baholaşni amalga oşiruvçi organlarni tayinlaş — notifikatsiya qiliş tartibi belgilanmoqda.
Loyihada muvofiqlikni baholaş organlariga qator talablar qöyilgan. Jumladan, ular Özbekiston rezidenti bölgan yuridik şaxs bölişi, sönggi uç yilda muvofiqlikni baholaş tajribasiga ega bölişi va akkreditatsiyadan ötgan sinov laboratoriyalariga ega bölişi şart.
Şuningdek, organlarda lift xavfsizligi böyiça yetarli bilim va malakaga ega mutaxassislar faoliyat yuritişi lozim.
Qoidalarga muvofiq, tayinlangan organlar beş yil muddatga guvohnoma oladi va ularning faoliyati har yili davriy baholab boriladi.
Hujjatda tayinlaşni rad etiş, guvohnoma amal qilişini töxtatiş yoki bekor qiliş asoslari, apellyatsiya beriş tartibi ham belgilab qöyilgan.
Loyihaga köra, tayinlangan muvofiqlikni baholaş organlari reyestri ham yuritiladi va u oçiq ma’lumot sifatida rasmiy veb-saytda e’lon qilib boriladi.








