Özbekiston iqtisodiyoti yildan yilga kattalaşib boryapti. Buni statistik raqamlar ham körsatib turibdi. Masalan, 2026 yilning birinçi çoragi yakunlariga köra, mamlakatda örtaça oylik iş haqi 6 mln 825 ming sömni taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 17,4 foizga oşdi.

Xöş, bu ösiş alohida sohalar kesimida qanday köriniş olmoqda?

Kimlarning oyligi tez ösyapti?

Oxirgi 4 yillik davrni oladigan bölsak, Özbekistondagi örtaça oyliklar 2 barobarga köpayib, 3 mln 417 ming sömdan 6 mln 826 ming sömga yetdi.

Ammo, bu yerdagi raqamlar mehnat bozoridagi reallikni aniq va töliq aks ettirmaydi. Çunki 6,8 mlnlik örtaça raqamga kiçik firmalar va qişloq xöjaligi korxonalaridagi maoşlar qöşilmaydi. Oxirgi ma’lumotlarga köra, umumiy Özbekistondagi band aholi – 14 mln 934 ming kişi. Şundan 21 foizi yoki 3 mln 132 ming kişi qişloq xöjaligi sektorida işlaydi. Uşbu tarmoqda örtaça oyliklar esa ança kam – 3 mln 506 ming söm. Agar barça band aholi daromadlari hisobga olinsa, mamlakatdagi örtaça maoşlar sezilarli kamroq bölişi mumkin.

Statistika qömitasi 19 ta guruhga bölgan holda, iqtisodiy faoliyat turlari böyiça ham örtaça oyliklarni har çorakda yangilab boradi. Xususan, 2022-2026 yillarning birinçi çoragi yakunlari böyiça maoşi eng yuqori ösgan soha vakillari – köçmas mulk bilan operatsiyalar qiluvçilar. Ularning örtaça daromadi 2,8 barobarga oşgan. Şuningdek, davlat boşqaruvi va mudofaa sohasidagi xodimlarning oyliklari 2,6 barobarga, axborot va aloqa sektorida esa 2,5 barobarga köpaygan.

Aksinça, quriliş (+54 foiz), toğ-kon sanoati (+64 foiz) va qişloq xöjaligi sohasida (+64 foiz) daromadlar ösişi ança past bölgan. Işlab çiqariş (+76 foiz), soğliqni saqlaş (+77 foiz), ta’lim (+83 foiz), san’at (+89 foiz) hamda ulgurji va çakana savdo (+99,4) sohalarida ham örtaça oyliklar mamlakat miqyosidagi örtaça körsatkiçdan kamroq ösgan. Mazkur xatboşida sanab ötilgan tarmoqlarda jami 10 mln 11,2 ming kişi mehnat qiladi. Ya’ni umumiy band aholining 67 foizida yoki uçdan ikki qismida oylikning oşişi respublikadagi örtaça körsatkiçdan turli miqdorlarda kam bölgan.

Bu nega yomon?

Inflatsiyaning yuqori darajasi yoki uning tez sur’atlar bilan ösişi – daromadi pastroq aholi qatlamlariga nisbatan oğirroq zarba beradi. Ya’ni narxlarning oşişidan kambağallar köproq aziyat çekadi. Özbekiston kabi rivojlanayotgan davlatlarda past daromadli aholi topayotgan pulining asosiy qismini birlamçi iste’mol mahsulotlari – oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal tölovlar va transport xarajatlariga sarflaydi.

Masalan, yuqorida oyliklar hisoblangan davrni oladigan bölsak, umumiy inflatsiya 42 foizni taşkil qilgan. Töğri, bu istalgan sohadagi daromadlar ösişiga nisbatan past körsatkiç. Ammo bu davrda göşt, tuxum, suv, elektr, gaz va boşqa yonilği narxlarining oşişi umumiy inflatsiyadan karrasiga yuqori böldi. Uzoq yillardan beri oziq-ovqat narxlarining oşişi baland bölib qolyapti. Şu jihatdan daromadining 60 foiz qismini oziq-ovqatga sarflaydigan past daromadli inson, daromadining 20 foiz qismini oziq-ovqat mahsulotlariga sarflaydigan boyroq insonga nisbatan inflatsiyani köproq his qiladi, narxlarning oşişi uning farovonligini köproq pasaytiradi.

Natijada, maoş raqamlarda köpaygan bölsa-da, xarid qobiliyati kutilgan darajada oşmaydi. Jumladan, ta’lim sohasidagi oyliklar 2022 yilning birinçi çoragi yakunlariga köra, örtaça oyliklarning 73,5 foizini taşkil etgan. Bu körsatkiç soğliqni saqlaş sohasida 68 foiz bölgan. 2026 yilning birinçi çoragi yakunlariga köra, uşbu ikki sektordagi maoşlarning örtaça maoşga nisbati mos ravişda 67,6 foiz va 60,2 foizgaça qisqargan. Masalan, qayta suğurtalaş sohasidagi örtaça oyliklar maktabgaça ta’lim sohasiga nisbatan 9,8 barobarga baland. Tört yil oldin bu farq 5,9 barobar edi.

Kam daromadli oilalarda xarid qobiliyatining pasayişi nafaqat ijtimoiy, balki makroiqtisodiy jihatdan ham xatarli. Odamlarda ortiqça pul qolmasa, ular asosan oziq-ovqat sotib oliş bilan çeklanadi. Natijada boşqa tovarlar – maişiy texnika, kiyim-keçak, xizmatlar savdosi sekinlaşadi. Bu esa işlab çiqariş va çakana savdoni turğunlikka yetaklaydi.

Şuningdek, real daromadlarning nisbiy pasayişi kundalik ehtiyojlarni qoplaş uçun iste’mol kreditlari va mikroqarzlar olişga rağbatni kuçaytiradi. Bunday qarz yukining ortişi esa yaşaş şaroitini yomonlaştirib boradi.

Şuni ham alohida ta’kidlaş lozimki, Özbekistonda “yaşirin iqtisodiyot” uluşi hali ham yuqori bölgani sababli, bir qator sohalarda qoğozdagi va real daromadlar örtasida sezilarli farq bölişi mumkin.