Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva «Madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini yanada rivojlantiriş böyiça keng kölamli çora-tadbirlar töğrisida»gi farmonning qabul qilinişini olqişladi.
«Madaniyat rivoji uçun nafaqat ilhom, balki ijodiy ğoyalarni röyobga çiqariş imkonini beruvçi şart-şaroitlar ham juda muhim. Kreativ industriyani şakllantiriş esa real qöllab-quvvatlaşni talab etadi. Bugun Prezidentimiz tomonidan ana şunday kömakni taqdim etuvçi tarixiy farmon imzolandi.
Unga köra, “Ijodga investitsiya” davlat maqsadli jamğarmasi ta’sis etilmoqda. Istiqbolli ijodiy loyihalarni moliyalaştiriş uçun uşbu jamğarmaga har yili 200 milliard söm mablağ yönaltiriladi.
Endi konsert taşkilotçiligi bilan şuğullanuvçi tadbirkorlar, film va serial tasvirga oluvçi kinokompaniyalar, bolalar uçun kontent işlab çiqaruvçilar, xususiy teatr va studiyalar, madaniyat sohasidagi xususiy ta’lim muassasalari qöşilgan qiymat, foyda, aylanma, yer, mulk soliqlari hamda xodimlarning iş haqidan olinadigan jismoniy şaxslarning daromad soliğidan ozod etiladi.
Xorijiy kino kompaniyalari uçun ham qulay şaroitlar yaratiladi: ularning Özbekiston hududida kino mahsulotlarini işlab çiqarişdan olgan daromadlari norezidentlarning daromadi sifatida soliq bazasiga kiritilmaydi.
Nufuzli xalqaro va respublika tanlovlari ğoliblari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: gran-pri va birinçi örin uçun tegişli ravişda 300 va 100 million söm, ikkinçi örin uçun 200 va 50 million söm, uçinçi örin uçun esa 100 va 25 million söm beriladi.
Pedagoglar ham qöllab-quvvatlanadi: ğoliblarni tayyorlagan öqituvçi va konsertmeysterlarga yil davomida oylik maoşining 100 foizigaça miqdorda ustama tölanadi.
Bundan taşqari, har yili madaniyat, san’at va ijod sohalari vakillari orasidan uy-joyga muhtoj bölgan ming nafar xodimga ipoteka krediti dastlabki tölovining 50 foizi qoplab beriladi», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.








