Özbekistondagi eng yirik neft qazib çiqaruvçi kompaniya – “Sanoat energetika guruhi” MÇJ (Saneg) bilan bundan ikki yil oldin Farğona neftni qayta işlaş zavodi böyiça xususiylaştiriş bitimi tuzilgan edi. Xususan, 2022 yilning 22 may kuni Davlat aktivlarini boşqariş agentligi zavodning 100 foiz uluşi 100 mln dollarga Saneğga sotilganini e’lon qilgandi.

Kun.uz 2024 yil 29 may kuni e’lon qilgan materialda zavodning 58,5 foiz uluşi Davaktivga, 41,5 foiz uluşi esa Saneğga tegişli ekani, kompaniya esa hali ham belgilangan tölovni töliq tölamagani haqida yozgandi.

“Sanoat energetika guruhi”dan ma’lum qilişlariça, bugungi kunga qadar zavodni modernizatsiya qiliş işlariga 250 mln dollardan ortiq investitsiya kiritilgan.

“Tölovlarni amalga oşiriş va investitsiya majburiyatlarini bajariş muddatlari Saneg va Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi örtasida tuzilgan şartnoma şartlari asosida belgilanadi.

Ayni paytda Saneg Farğona neftni qayta işlaş zavodini xarid qiliş summasining bir qismini tölaş böyiça şartnoma majburiyatlarini bajarmoqda. Qolgan summa şartnomada közda tutilgan tölov jadvaliga muvofiq tölanadi”, – deyiladi kompaniya tomonidan Kun.uz'ga taqdim etilgan axborotda.

Izohda tölov jadvali haqida, xususan hisob-kitob qiliş qaçon yakunlanişiga aniqlik kiritilmagan.

Ma’lumot uçun, Farğona neftni qayta işlaş zavodi 2022 yilda 19,3 mlrd söm, 2023 yilda 469,6 mlrd söm, 2024 yilning I çoragida esa 68,4 mlrd söm sof foyda körgan.

Eslatib ötamiz, bitim doirasida Saneğga 100 mln dollarlik tölovdan taşqari quyidagi majburiyatlar ham yuklatilgan:

  • zavodni modernizatsiya qiliş orqali zamonaviy va ekologik toza benzin, Yevro-5 talablariga javob beradigan dizel yoqilğisi, Jyet a-1 reaktiv yoqilğisi va suyultirilgan tabiiy gaz işlab çiqarişni köpaytiriş;
  • neft agregatlarini modernizatsiya qiliş, şuningdek, işlab çiqariş quvvatini kamida 2 million tonnaga oşiriş;