Ayrim qonun hujjatlariga yer va unda qurilgan mulkka oid huquqlarni e’tirof etiş jarayonlariga oid qöşimça va özgartirişlar kiritildi.
Qayd qilinişiça, özgarişlar özboşimçalik bilan egallangan yer uçastkalari hamda ularda qurilgan bino va inşootlarga nisbatan huquqlarni e’tirof etiş jarayonlarini jadallaştiriş, amaliyotda yagona va izçil tartibni ta’minlaşga qaratilgan.
Kiritilgan özgartiriş va qöşimçalarga köra, soliq qarzdorligi tuşunçasi aniqlaştirilib, qarzdorlik miqdori BHM 30 baravaridan (12,3 mln söm) oşmagan köçmas mulk obektlariga nisbatan huquqlarni e’tirof etiş yölga qöyiladi.
Qonunda belgilangan muddatlar amaldagi 150 kundan – 50 kunga (3 baravarga) qisqartiriladi.
1 martalik tölovlarning 50 foizi belgilangan muddatda (20 iş kunida) töliq tölanganda, uning qolgan qismiga çegirma beriladi.
Tölaş imkoniyati bölmaganda fuqaroga soliq inspeksiyasi bilan şartnoma tuziş orqali mazkur mablağni 1 yildan 3 yilgaça bölib tölaşga ruxsat beriladi.
Ortiqça egallangan yer uçastkasiga huquqni e’tirof etiş mexanizmi yanada takomillaştirildi. Xalq deputatlari kengaşi qarorlari huquqlarni davlat röyxatidan ötkazişga asos bölişi belgilandi.
2020 yil 1 yanvardan 2024 yil 1 iyunga qadar yer uçastkasi uçun oşirilgan stavkada hisoblangan soliqlar jismoniy şaxslarga qöllanilmasligi belgilandi.
Fuqarolarning vaqti va mablağlarini tejaş maqsadida şikoyatlarni sudga qadar körib çiqiş mexanizmi kiritildi.
Yer uçastkasining qurilişi taqiqlangan hududga tuşgan qismini çegirib taşlagan holda uning qolgan qismiga nisbatan huquqlarni e’tirof etiş tartibi joriy etiladi.
Bino-inşootlar xususiylaştirilgani töğrisidagi ma’lumotni taqdim etişga tuman (şahar) hokimliklari ham mas’ul etib belgilandi.












