Kuba milliy assambleyasi 18 iyun kuni mamlakat sotsialistik iqtisodiyotining katta qismini xususiylaştirişni nazarda tutuvçi islohotlar paketini bir ovozdan qabul qildi, deb yozdi Reuters.

Hujjatni hukmron Kompartiya va mamlakatning sobiq rahbari Raul Kastro qöllab-quvvatladi. Agar çora-tadbirlar aytilgan şaklda amalga oşirilsa, bu 1959 yilgi inqilobdan beri Kuba modelidagi eng katta özgariş va bozor iqtisodiyotiga buriliş böladi.

Islohot köçmas mulkni xususiy rivojlantiriş uçun yöl oçadi, davlat korxonalarini aksiyalar va uluşlarga ega bölgan xususiy tijorat kompaniyalariga aylantiriş imkonini beradi, şuningdek, uzoq vaqt davomida davlat monopoliyasi bölib kelgan moliya sektoriga xususiy banklarni kiritadi. Hujjat, şuningdek, davlat mulkini kubalik va çet ellik yuridik va jismoniy şaxslarga, şu jumladan xorijda yaşovçi kubaliklarga sotişga ruxsat beradi, - bu haqda deputatlarga ovoz berişdan oldin ötkazilgan televizion taqdimotda ma’lum qilindi.

Ovoz berişdan oldin Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel deputatlarni mamlakatning sotsialistik ötmişiga sodiq qolişga çaqirdi.

«Bu yerda dunyoning eng qudratli davlati tomonidan tarixdagi eng uzoq qamalni boşdan keçirgan sotsialistik quriliş jarayonini qanday davom ettiriş masalasi muhokama qilinmoqda. Biz sotsializmdan voz keçmaymiz», dedi u.

Boş vazir Manuel Marrero bozorni «resurslarni samarali taqsimlaş vositasi» deb atadi, bu Kuba kommunist amaldori uçun kamdan-kam uçraydigan ibora, ammo modelni yangilaş «kubaliklarning hayot sifatini oşiriş uçun» zarurligini ta’kidladi. Boş vazir deyarli ikki soatlik nutqida 175 dan ortiq çora-tadbirlar röyxatini deputatlarga taqdim etdi, şundan söng Milliy Assambleya hujjatni bir ovozdan yoqlab ovoz berdi. Yangi çora-tadbirlar qançalik tez va qanday mexanizmlar orqali amalga oşirilişi hozirça aniq emas.

Reuters naşrining yozişiça, Kuba iqtisodiyotini liberallaştiriş böyiça taklif etilgan çora-tadbirlarning aksariyati yillar davomida mamlakat içida va taşqarisida muhokama qilingan, biroq aynan AQŞ qattiq bosimi ularni yana birinçi öringa olib çiqdi.

Kubaning byurokratik va samarasiz davlat iqtisodiyoti uzoq yillar davomida Kuba sotsializmini qöllab-quvvatlagan Sovet Ittifoqi parçalanganidan beri qiyinçiliklarni boşdan keçirmoqda. Tramp ma’muriyatining sanksiyalari, jumladan, bir neça oylik neft blokadasi Kubaga manyovr qiliş uçun kam joy qoldirdi, orol iqtisodiyotini vayron qildi, xorijiy biznesning çiqib ketişiga sabab böldi va turizm sanoatini deyarli butunlay barbod etdi. Dias-Kanelning ta’kidlaşiça, iqtisodiyotni oçiş qarori Kuba va AQŞ örtasida joriy yilda boşlangan, ammo boşi berk köçaga kirib qolgan muzokaralar bilan boğliq emas.