Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Rubio Körfazga keldi
AQŞ davlat kotibi Marko Rubio payşanba kuni Yaqin Şarq böylab safarining yakuniy bosqiçida Bahraynga keldi. U uşbu safar davomida Eron kelişuviga şubha bilan qarayotgan Amerikaning arab ittifoqçilariga uni qabul qildirişga urinmoqda.
Rubio uşbu tinçlik bitimini taqdim etiş borasidagi missiyasi ança nozik ekanini tan oldi. Boisi, arablar Eronga haddan taşqari köp yon bosilişi – Tehronni kuçaytirib yuborişi, mintaqadagi xavfsizlik muvozanati hamda neft oqimlarini qayta şakllantirişi mumkinligidan xavotirda.
Rubio, şuningdek, Fors körfazi arab davlatlari hamkorlik kengaşi bilan ham uçraşadi. Uşbu kengaş oltita sunniy monarxiyadan iborat bölib, uning tarkibiga Saudiya Arabistoni, Qatar, Ummon, Birlaşgan Arab Amirliklari va Kuvayt kiradi.
Uşbu oltita davlat AQŞning strategik ittifoqçilari hisoblanadi. Ular uruş paytida Vaşingtonga ma’lum darajada logistik yordam körsatgan va buning oqibatida barçasi Eronning havo zarbalaridan jabr körgan.
Rubio Bahrayndan oldingi bekatlari — BAA va Kuvaytda ham rasmiylarni kelişuv Eronga haddan taşqari yon bosmasligiga işontirişga harakat qildi. «Biz mintaqadagi ittifoqçilarimiz, köp yillik hamkorlarimiz xavfsizligiga putur yetkazadigan heç qanday iş qilmaymiz», dedi u Kuvaytda jurnalistlarga.
Rubio, şuningdek, uşbu safar davomida mintaqaviy ittifoqçilardan heç qanday qayta tiklaş jamğarmasiga hissa qöşişni söramasligini aytdi.
AQŞ prezidenti Donald Tramp seşanba kuni Eron yadroviy tekşiruvlarga «çeksiz muddatga» (abadiy) rozi bölganini aytdi, Tehron esa muzokaralarda bunday yon bosiş bölmaganini ta’kidladi. Bu holat mört tinçlik bitimi qay darajada hayotiy ekani borasida savollarni tuğdirmoqda.
Venesuelada kuçli zilzila
24 iyun kuni keçqurun Venesuelaning şimoliy va markaziy hududlarida ketma-ket ikki kuçli zilzila qayd etildi. Mamlakat Içki işlar vazirligi ma’lumotiga köra, poytaxt Karakasda köp qavatli uylar va boşqa binolar qisman yoki töliq qulagan.
Ma’lum qilinişiça, birinçi zilzila taxminan soat 18:00 da sodir bölgan va uning magnitudasi 7,2 ni taşkil etgan. Oradan bir daqiqa ham ötmay ikkinçi, 7,5 magnitudali zilzila qayd etilgan.
Tabiiy ofat ortidan mamlakatda favqulodda holat joriy etildi. Prezident vazifasini bajaruvçi Delsi Rodriges barça tezkor xizmatlar yuqori şaylik rejimiga ötkazilganini ma’lum qildi.
AQŞ Geologiya xizmati dastlabki baholaşiga köra, tabiiy ofat oqibatida halok bölganlar soni ön minglab bölişi mumkin. Venesuela rasmiylari hozirça 32 kişining jasadini topgan, yuzlab insonlar jarohatlangan.
Guvohlarning sözlariga köra, kuçli silkinişlardan keyin odamlar ommaviy ravişda binolarni tark etgan. Ayrim köp qavatli uylarning taşqi devorlari qulagani sababli xonadonlardagi mebellar köçadan körinib qolgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Karakas xalqaro aeroportidagi vayronalar aks etgan videolar tarqaldi. Keyinçalik rasmiylar aeroport vaqtinça yopilganini tasdiqladi.
Tramp: Ukraina prezidentining işlari «ança yaxşi»
AQŞ prezidenti Donald Tramp 24 iyun kuni Oq uyda NATO boş kotibi bilan ötkazgan matbuot anjumanida Ukrainadagi uruş haqida fikr bildirdi.
Jurnalistlardan biri Trampdan «siz Zelenskiy hozir ğalaba qozonayotganiga işonasizmi?» deb söraganida, u şunday javob qaytardi: «Heç bölmaganda, u özini uşlab turibdi. Har ikki tomonda ham köp odamlar halok bölmoqda. Lekin menimça, uning işlari ança yaxşi ketmoqda», dedi AQŞ prezidenti.
Bu bayonot Trampning avvalgi çiqişlaridan farq qiladi. Çunki u ötgan davrda bir neça bor Volodimir Zelenskiyni tanqid qilib, uni mojaroni tinç yöl bilan hal etişga qaratilgan sa’y-harakatlarga tösqinlikda ayblagan edi.
Matbuot anjumanida Tramp Yevropa davlatlari, xususan, Germaniya Eronga nisbatan AQŞ–Isroil uruşini qöllab-quvvatlamaganidan ham noroziligini bildirdi.
Uning sözlariga köra, Vaşington Germaniya hukumatidan köproq siyosiy qöllab-quvvatlaş kutgan, ammo bu borada kutilgan munosabatni olmagan.
24 iyun kuni murojaatida Volodimir Zelenskiy ham G7 doirasida muhokama qilingan harbiy va moliyaviy yordam Ukrainaga öz vaqtida yetkazilsa, Rossiyani tinçlik muzokaralariga majbur qiladigan şaroit yaratiş mumkinligini ta’kidladi. Biroq u buning qanday amalga oşirilişiga aniqlik kiritmadi.
Ruminiya Moldova bilan birlaşiş yölida
Ruminiyaning SOS Romania partiyasi taşabbusi bilan işlab çiqilgan Ruminiya va Moldovani birlaştirişga qaratilgan qonun loyihasi 24 iyun kuni parlamentning quyi palatasi tomonidan ma’qullandi.
Ruminiya OAVlari ma’lumotiga köra, hujjat «jim qabul qiliş» tartibi asosida tasdiqlangan. Bu tartibga muvofiq, agar qonun loyihasi parlament yalpi majlisida 45 kun içida muhokama qilinmasa yoki rad etilmasa, u avtomatik ravişda qabul qilingan deb hisoblanadi.
Qonun loyihasida Ruminiya parlamenti mamlakatning Moldova bilan birlaşişi töğrisida qaror qabul qilişi, şuningdek, hukumatga Kişinyov rasmiylari bilan birlaşiş jarayonini rasmiylaştiriş böyiça muzokaralarni boşlaş vakolatini beriş taklif etilgan.
Endilikda mazkur taşabbus Ruminiya parlamentining yuqori palatasi — Senat muhokamasiga kiritiladi.
Şu yil yanvar oyida Moldova prezidenti Mayya Sandu ham mamlakatning Ruminiya bilan birlaşişi ğoyasini oçiq qöllab-quvvatlagandi. Sanduning ta’kidlaşiça, hozirgi geosiyosiy vaziyatda Moldova kabi kiçik davlat uçun mustaqil demokratiya sifatida rivojlaniş va taşqi bosimlarga, xususan, Rossiya ta’siriga qarşi turiş tobora qiyinlaşmoqda.
Sönggi yillarda, ayniqsa Rossiya va Ukraina örtasidagi uruş fonida, Moldovada Ruminiya bilan birlaşiş tarafdorlari soni ortib bormoqda.
Fransiyada Ebola qayd etildi
Fransiyada çorşanba kuni Kongodagi epidemiya bilan boğliq birinçi Ebola holati tasdiqlandi. Bu virusning Afrika qit’asidan taşqarida qayd etilgan birinçi holatidir.
Fransiya Soğliqni saqlaş vazirligiga köra, bemor yaqinda Kongodan qaytgan humanitar yordam şifokoridir.
Ma’lum qilinişiça, bemor «Kinşasadan tijoriy reysga ötirganida deyarli heç qanday alomatlarsiz bölgan, faqat boş oğriğini his qilgan» va parvoz paytida uning ahvoli «biroz yomonlaşgan». Şundan söng u Parijga qönişi bilanoq darhol tibbiy yordam olgan.
Kasallik yuqişi xavfining oldini oliş uçun u Fransiyaga kelişi bilanoq töğridan töğri şifoxonaga olib borilgan va izolyatsiyaga olingan. Bemor tanasidagi virus yuklamasi «juda past» bölgani aytilmoqda.
Vazirlik erkakning ahvoli barqaror ekanini aytdi. U bilan muloqotda bölgan şaxslar esa 21 kun davomida uy karantinida qolişlari kutilmoqda.
Epidemiya paytida virus yuqtirib olgan amerikalik şifokor bundan oldin Berlindagi şifoxonaga davolaniş uçun olib kelingan edi va öşandan beri u butunlay soğaygan.
Amaldagi epidemiyani jilovlaş juda qiyin keçmoqda, çunki virusning «Bundibugyo» ştammiga qarşi tasdiqlangan vaksina yoki maxsus davolaş usuli mavjud emas.
May oyida epidemiya e’lon qilinganidan beri Kongoda 1000 dan ortiq tasdiqlangan holat qayd etildi. Uçta provinsiyada 260 dan ortiq kişi vafot etgan.











