Yaponiyalik otaxonning özbekistonlik Bahodir Iskandarovga aytişiça, 1998 yilda milliy terma jamoa ilk bor Jahon çempionatida iştirok etgan va guruh bosqiçidagi barça uçraşuvlarda mağlubiyatga uçragan. Ammo futbol rahbarlari bu natijani fojia sifatida emas, balki özgarişlar uçun muhim saboq sifatida qabul qilgan.

Uning sözlariga köra, şundan keyin Yaponiyada futbolni rivojlantiriş böyiça uzoq muddatli strategiya işlab çiqilgan. Bolalar futboliga alohida e’tibor qaratilgan, murabbiylar tayyorlaş tizimi kuçaytirilgan, maktab futboli va professional liga rivojlantirilgan.

«Yaponiyada bir maqol bor: “Yetti marta yiqilsang ham, sakkizinçi marta tur”. Ular ham şunday qildi. Eng muhimi, şoşilmadi. Daraxt bugun ekilib, ertaga meva bermasligini yaxşi bilardi», — deydi u.

Otaxonning ta’kidlaşiça, Jahon çempionatidagi eng katta mağlubiyat 0:5 yoki 0:7 hisobida yutqaziş emas, balki mağlubiyatdan keyin örganişni töxtatişdir.

«Yutganingda kamtar böl, yutqazganingda esa sabrli böl», — deya xulosa qiladi u.

Ma’lumot uçun, Yaponiya milliy jamoasi 1998 yildan keyin ketma-ket yetti marta Jahon çempionati yöllanmasini qölga kiritdi. Ularning beştasida guruh bosqiçidan çiqişga muvaffaq böldi.

Joriy mundialda Yaponiya Niderlandiya bilan 2:2, Şvetsiya bilan 1:1 hisobida durang öynadi, Tunisni esa 4:0 hisobida mağlub etdi. Terma jamoa guruhda ikkinçi örinni egallab, pley-offga yöl oldi va endi Braziliyaga qarşi bahs olib boradi.