Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.

AQŞ–Eron zarbalar almaşinuvini töxtatdi

Eron va AQŞ sönggi harbiy harakatlarni töxtatişga hamda muzokaralarni qayta tiklaşga kelişib oldi. AQŞ rasmiysiga köra, bu — zarbalar almaşinuvi bosimi ostida qolgan tinçlik bitimini saqlab qolişi mumkin.

«Har ikki tomon hozirça harbiy harakatlarni töxtatib turadi va kemalar erkin harakatlanişi mumkin», dedi rasmiy mulozim 17 iyun kuni Şveytsariyada imzolangan memorandumga işora qilib. Muzokaralar seşanba kuni Qatarda qayta boşlanadi.

Keskinlik payşanba kuni Eron snaryadi Hörmuz böğozidagi yuk kemasiga kelib urilgaç boşlangandi. Şundan söng AQŞ kuçlari Eron janubiga zarbalar berdi. Buning ortidan tomonlar bir-birini otşkesimni buzişda aybladi.

Eron esa yakşanba kuni erta tongda Kuvayt va Bahrayndagi AQŞ harbiy obektlariga raketa va dronlar bilan javob zarbalarini berdi. Muhofizlar korpusi AQŞ zarbalari «barça diplomatik jarayonlarning butunlay töxtaşiga olib kelişini» aytgan.

Bu voqealar prezident Donald Tramp yangi tahdididan köp ötmay sodir böldi. «Şunday bir pallaga kelişimiz mumkinki, biz endi bosiqlik qila olmaymiz. Harbiy yöl bilan özimiz juda muvaffaqiyatli boşlagan işni oxiriga yetkazişga majbur bölamiz», deb yozdi Tramp öz ijtimoiy tarmoğida. «Agar bu sodir bölsa, Eron Islom Respublikasi boşqa mavjud bölmaydi!» deya qöşimça qildi u.

Şu bilan birga, Isroil yakşanba kuni Livandagi «Hizbulloh» a’zolariga yana bir bor zarba bergani va yer osti infratuzilmasini vayron qilganini ma’lum qildi.

Duşanbaga kelib muzokaralar qayta tiklangan va harbiy harakatlar tin oldi.

Venesueladagi zilzila qurbonlari soni ortmoqda

Venesuelada 25 iyun kuni sodir bölgan egizak zilzilalar oqibatida halok bölganlar soni 1500 kişiga yaqinlaşdi.

«Qutqaruv va tiklaş işlari davom etmoqda. Biz odamlarni tiriklayin qutqardik, şuning uçun operatsiyalar töxtatilmaydi, umidni saqlab qolamiz», dedi muvaqqat prezident Delsi Rodriges yakşanba kuni. Şuningdek, u maktablarda darslar yana bir haftaga töxtatilişini va La-Guayrada elektr ta’minoti 75 foizgaça tiklanganini aytdi.

Avvalroq Milliy Assambleya raisi Xorxe Rodriges qurbonlar soni 1450 nafarga yetganini ma’lum qilgandi. Uning qöşimça qilişiça, 3150 kişi jarohatlangan, 12 721 kişi uy-joyini tark etişga majbur bölgan va 774 ta bino vayron bölgan.

2600 dan ortiq xorijiy qutqaruvçilar yetib kelguniga qadar mahalliy aholi va köngillilar vayronalar ostidan omon qolganlar va jasadlarni olib çiqdi. Ular köpinça oğir texnika yetişmasligidan şikoyat qilişdi. Şu bilan birga yuzlab afterşoklar zararni yanada kuçaytirdi va aholini xavotirda uşlab turdi.

Dam oliş kunlarida hukumat minglab odamlar hamon bedarak yöqolganlar röyxatida qolayotganini ma’lum qildi. Ammo mamlakat siyosiy muxolifati tomonidan tarğib qilinayotgan veb-saytda 50 mingga yaqin odam bedarak yöqolganlar röyxatiga kiritilgan.

AQŞ Geologiya xizmati ham 7,2 va 7,5 magnitudali zilzilalar oqibatida qurbonlar soni 10 000 dan oşişi mumkinligini taxmin qilgandi.

«Taxminan uç kunlik, ya’ni 72 soatlik vaqt oraliği bor, şundan keyin odamlarni tirik qutqariş ehtimoli keskin kamayadi», dedi Şveytsariyadan kelgan qutqaruv guruhi rahbari Sebastyan Eugster.

AQŞ Davlat departamenti amerikalik qutqaruvçilar vayronalar ostidan odamlarni olib çiqayotgan tasvirlarni joylaştirdi.

Reutersʼning yozişiça, Tramp ma’muriyati allaqaçon ajratgan 150 million dollarga qöşimça yaqin kunlarda yuzlab million dollarlik yangi moliyaviy yordam e’lon qilişi kutilmoqda.

Rossiyada yoqilği tanqisligi

Ukraina kuçlari ötgan tunda Krasnodar va Yaroslav viloyatlaridagi Rossiyaning ikkita neftni qayta işlaş zavodiga zarba berdi. Uşbu hujumlar dunyodagi eng yirik neft işlab çiqaruvçilardan biri — Rossiyaning ayrim hududlarida keskin yoqilği taqçilligini keltirib çiqardi.

«Biz Rossiyaning uruş olib boriş qobiliyatini zaiflaştiradigan operatsiyalarimizni davom ettiramiz», deb yozdi Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlarda. U mazkur zavodlar Ukraina hududidan taxminan 300 km va 700 km uzoqlikda joylaşganini qöşimça qildi.

Krasnodar ölkasi gubernatori Slavyansk-na-Kubanidagi neftni qayta işlaş zavodida yonğin çiqqanini, yaqin atrofdagi qişloqda bir kişi halok bölganini va yana bir kişi jarohatlanganini ma’lum qildi.

Uşbu zavod kuniga taxminan 100 ming barrel mahsulot işlab çiqariş quvvatiga ega xususiy korxona hisoblanadi.

Prezident Vladimir Putin ham yakşanba kuni yoqilği ta’minotidagi muammolar Rossiya hududlarida taqçillikni keltirib çiqarganini tan oldi. Şuningdek, u yoqilği yetkazib berilişini ta’minlaş ustida maxsus tezkor guruh iş olib borayotganini ma’lum qildi.

Şuningdek, Putin neft obektlariga Ukraina dronlari uyuştirgan zarbalar oqibatlarini minimal darajaga tuşirişi kerakligini ta’kidlab, u qişloq xöjaligini yoqilği bilan ta’minlaşga çaqirdi va dizel eksportiga taqiq qöyiş masalasi körib çiqilayotganini aytdi.

Putinning aytişiça, hozirda benzin zaxiralaridan foydalanilmoqda va ular 1,7 million metrik tonnani taşkil etmoqda. Zaxiralarni tiklaş uçun endi iyul oyidagi işlab çiqariş hajmi iyundagidan ham oşişi kerak.

Yevropada jazirama: odamlar ölmoqda

Yakşanba kuni Yevropa qit’asida harorat rekordlari yana yangilandi, anomal issiqlik şarqqa qarab harakatlanişda davom etmoqda.

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti rahbari Tedros Adanom 21 iyundan beri Yevropada «yuqori haroratlar bilan boğliq» 1300 dan ortiq qöşimça ölim holatlari qayd etilganini aytdi.

«Issiqlik stressi köpinça 'sokin qotilʼ deb ataladi. Yevropadagi uylar, iş joylari hamda maktablar bunday haroratlar uçun qurilmagan», dedi u. «Yevropa Yerdagi eng tez isiyotgan qit’adir, u global örtaça körsatkiçdan ikki barobar tezroq qizimoqda», deya ogohlantirdi Tedros.

Yakşanba kuni ertalab Fransiya soğliqni saqlaş vazirligi çorşanbadan beri mamlakatda kutilganidan taxminan 1000 taga köp ölim holati yuz berganini ma’lum qildi. Qöşimça ölim holatlarining aksariyati 65 va undan katta yoşdagilar hissasiga töğri kelmoqda, çunki uyda vafot etganlar soni 40 foizga oşgan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, yakşanba kuni Germaniya şarqida 41,7°C harorat qayd etilgan. Bu – hudud ketma-ket uçinçi marta özining eng issiq kunini boşdan keçirayotganini anglatadi.

JSSTga köra, iqlim özgarişi oqibatida ilgari «bir avlodda bir marta» sodir böladigan jazirama hodisasi endilikda deyarli har yili kuzatilmoqda. Iyundagi rekord darajadagi jazirama «issiq gumbaz» deb ataladigan effekt bilan izohlanmoqda.

Saudiyada vertolyot quladi

28 iyun kuni Saudiya Arabistonining neft giganti «Aramco» kompaniyasiga qaraşli vertolyot Fors körfazi sohilida — Hörmuz böğozidan ğarbda joylaşgan Ras-Tanura şahrida qulab tuşdi. Hodisa oqibatida bortdagilarning barçasi — qirollikning 14 nafar fuqarosi halok bölgan. Halokat sabablari hozirça noma’lum.

«Tegişli organlar halokat sabablarini aniqlaş uçun töliq tergov boşladi», deya qöşimça qildi Saudiya davlat axborot agentligi. «Aramco» xalqaro OAVlar sörovlariga javob bermagan.

Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 6:00 da yuz bergan, davlat axborot agentligi ham boşqa tafsilotlarni oçiqlamadi.

Saudiya Arabistoni energetika vazirligi qurbonlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.

Ras-Tanura şahrida «Aramco»ning yirik neftni qayta işlaş zavodi joylaşgan bölib, u Yaqin Şarqdagi eng yirik zavodlardan biridir.

Reutersʼga köra, «Aramco» deyarli tört oylik tanaffusdan keyin 26 iyun kuni Ras-Tanura terminalida xom neft yuklaşni qayta tiklagan edi.