Iroqda 40 nafardan ortiq yuqori martabali amaldor va deputatlar korrupsiyada ayblanib xavfsizlik kuçlari tomonidan qölga olindi. Bu haqda INA agentligi xabar bermoqda.

Agentlikning ma’lumot berişiça, hibsga olişlar ötgan oyda korrupsiyada ayblanib söroq qilinayotgan neft vaziri örinbosari Adnan al-Jumaylining körsatmalaridan söng amalga oşirilgan.

INA manbasining qöşimça qilişiça, "qölga olinganlar orasida parlament deputatlari, hukumat amaldorlari bor". Qayd etilişiça, bu deputatlarning daxlsizlik maqomi bekor qilingan.

Agentlik xabariga köra, poytaxt Bağdod hamda Vosit va Arbil viloyatlarida 47 nafar hukumat vakili hibsga olingan. Politsiya qölga olinganlarning uylarida tintuvlar ötkazmoqda.

Iroq hukumati korrupsiya işi bilan boğliq hibsga oliş kampaniyasi davom etayotganini ma’lum qildi.

"Keyinroq neft va elektroenergiya vazirligidagi korrupsiya işiga aloqador yangi nomlar e’lon qilinişi" aytilmoqda.