O‘zbekiston | 15:06
1128
11 daqiqa o‘qiladi
Reklama

O‘zbekistonda yana bir yirik AI platformasi ishga tushdi: iFLYTEK Open Platform Markaziy Osiyo uchun qanday imkoniyatlarni ochadi?

Ushbu raqamli tizim foydalanuvchilarga 1000 ga yaqin sun’iy intellekt xizmatlarini taqdim etadi. Ular orasida Spark LLM kabi katta til modellari, ovozni tanish va mashinali tarjima funksiyalari ham bor. 130 dan ortiq tilni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, u internet orqali bulutda va tashkilotlarning o‘z serverlarida (private deployment) ishlashi bilan farq qiladi.

Ushbu raqamli tizim foydalanuvchilarga 1000 ga yaqin sun’iy intellekt xizmatlarini taqdim etadi. Ular orasida Spark LLM kabi katta til modellari, ovozni tanish va mashinali tarjima funksiyalari ham bor. 130 dan ortiq tilni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, u internet orqali bulutda va tashkilotlarning o‘z serverlarida (private deployment) ishlashi bilan farq qiladi.

Dunyoda sun’iy intellekt bo‘yicha raqobat endi faqat modellar sifati bilan emas, ularning qaysi mamlakatlarga kirib borishi va qancha ishlab chiquvchini o‘z ekotizimiga jalb qilishi bilan o‘lchanmoqda. OpenAI, Google, Microsoft, Alibaba va Baidu kabi kompaniyalardan keyin iFLYTEK ham Markaziy Osiyoni o‘zining strategik bozorlaridan biri sifatida tanladi.

 

 

1 iyul kuni Toshkentda Xitoyning sun’iy intellekt sohasidagi yetakchi kompaniyalaridan biri — iFLYTEK Markaziy Osiyo uchun mo‘ljallangan Open Platform Central Asia platformasini rasman ishga tushirdi. Kompaniya bu orqali mintaqadagi davlat idoralari, biznes va IT-kompaniyalarga o‘zining katta til modellari, AI agentlari va 1000 ga yaqin sun’iy intellekt servislarini taqdim etishni boshladi

 

“Let's spark central asia with AI” (“Markaziy Osiyoni sun’iy intellekt bilan yoritaylik”) shiori ostida tashkil etilgan tadbir davlat idoralari, IT-kompaniyalar, universitetlar, tadqiqot markazlari, biznes vakillari, dasturchilar va ommaviy axborot vositalari ishtirokida o‘tdi. Xususan, uchrashchuvda O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, iFLYTEK katta vitse-prezidenti va Consumer Business Group prezidenti Richard Yu, iFLYTEK Open Platform vitse-prezidenti va xalqaro biznes yo‘nalishi rahbari Uilyam Chjou hamda Huawei cloud, Nazarbayev university, Huakun intelligent technology international va Instadesk kabi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

 

iFLYTEK nima uchun global AI bozorida muhim o‘yinchi?

1999 yilda Xefey shahrida tashkil etilgan iFLYTEK dastlab nutqni tanish (speech recognition) texnologiyalari bilan shug‘ullangan. Bugun esa kompaniya sun’iy intellektning deyarli barcha asosiy yo‘nalishlarini qamrab olgan: katta til modellari (LLM), ovozli texnologiyalar, mashinali tarjima, kompyuter ko‘rishi, AI agentlar, korporativ yechimlar va intellektual qurilmalar.

Kompaniya Xitoyning sun’iy intellekt sohasidagi milliy chempionlaridan biri hisoblanadi. Uning mahsulotlari davlat xizmatlari, ta’lim, tibbiyot, moliya va sanoat tarmoqlarida qo‘llanadi. iFLYTEK kompaniyasi vitse-prezidenti Uilyam Chjou ma’lumotlariga ko‘ra, tashkilot texnologiyalari 4,3 milliarddan ortiq qurilmada ishlaydi, Open Platform esa 11,46 milliondan ziyod dasturchini birlashtirgan. Platforma 130 dan ortiq tilni qo‘llab-quvvatlaydi va 981 ta AI servisini taqdim etadi. Bu raqamlar Open Platform'ning oddiy chatbot emas, to‘liq sun’iy intellekt infratuzilmasi ekanini ko‘rsatadi.

 

Spark LLM — platformaning asosiy elementi

Open Platform'ning markazida Spark large language model (Spark LLM) joylashgan. Bu iFLYTEK tomonidan ishlab chiqilgan katta til modeli bo‘lib, muloqot qilish, matn yozish, kod generatsiyalash, hujjatlarni tahlillash, taqdimot tayyorlash, tarjima va AI agentlarini boshqarish kabi vazifalarni bajaradi.

Spark modeli OpenAI'ning GPT, Google'ning Gemini, Alibaba'ning Qwen va Baidu'ning ERNIE modellari bilan bir segmentda raqobat qiladi. Ammo iFLYTEK asosiy urg‘uni modelning o‘ziga emas, uning atrofida qurilgan ekotizimga qaratadi. Kompaniya biznes uchun tayyor sun’iy intellekt yechimlari, davlat tashkilotlari uchun lokal infratuzilma va ishlab chiquvchilar uchun API xizmatlarini yagona platformada jamlagan. Bu yondashuv sun’iy intellekt texnologiyalarini noldan ishlab chiqish o‘rniga, ularni amaliyotga tezroq joriy etish imkonini beradi.

 

Nega aynan Markaziy Osiyo?

Sun’iy intellekt bozorida rivojlangan mamlakatlar bilan bir qatorda rivojlanayotgan mintaqalar uchun ham raqobat kuchaymoqda. Markaziy Osiyo aholisi 80 milliondan oshadi, internet foydalanuvchilari soni yil sayin ortib bormoqda, davlat xizmatlari raqamlashtirilmoqda, bank va fintex sektori tez o‘syapti. Bu esa suniy intellekt xizmatlariga talabni oshirmoqda.

“O‘zbekiston mintaqadagi eng yirik IT ekotizimlaridan birini shakllantirishga harakat qilyapti. IT Park rezidentlari sonining ortishi, eksportga yo‘naltirilgan dasturiy mahsulotlar, xorijiy kompaniyalar uchun yaratilgan imtiyozlar va davlatning raqamlashtirish siyosati mamlakatni xalqaro texnologiya kompaniyalari uchun jozibador bozorga aylantirmoqda”, – deydi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov

iFLYTEK uchun O‘zbekiston orqali Markaziy Osiyo bozoriga chiqish logistik va iqtisodiy jihatdan ham qulay. Kompaniya bir mamlakatda infratuzilma yaratib, keyin uni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston bozorlariga kengaytirishi mumkin.

 

Open Platform oddiy chatbot emas

Platforma tayyor chatbot emas. U ishlab chiquvchilar uchun AI infratuzilmasi hisoblanadi. Kompaniyalar uning API'lari orqali o‘z mahsulotlariga ovozni tanish, mashinali tarjima, katta til modellari, intellektual qidiruv, hujjatlarni avtomatik qayta ishlash, AI agentlari va boshqa funksiyalarni integratsiya qilishi mumkin.

“iFLYTEK Spark Large Language Model, Spark Agent Platform va Spark MaaS (Model as a Service) xizmatlari shu ekotizimning asosini tashkil etadi. Bu startaplar va yirik kompaniyalarga AI funksionalini noldan yaratish o‘rniga tayyor infratuzilmadan foydalanish imkonini beradi”, – deydi iFLYTEK Open Platform vitse-prezidenti va xalqaro biznes yo‘nalishi rahbari Uilyam Chjou .

Tadbirda namoyish etilgan mahsulotlar sun’iy intellektning faqat dasturiy yechim emas, real infratuzilma va jismoniy qurilmalar ekanini yaqqol ko‘rsatdi. Ko‘rgazmada taqdim qilingan Guide01 gumanoid roboti, GuideX raqamli inson, WallEX Smart Space Solution intellektual makonlar uchun yechim, AI Translation Transparent Screen — sun’iy intellekt asosida real vaqt rejimida tarjima qiluvchi shaffof ekran, sun’iy intellekt funksiyalariga ega AI Notebook hamda AI All-in-One Server serveri. AI texnologiyalari amalda qanday ishlayotganini nazariy darajadan amaliy bosqichga olib chiqqanini anglatadi.

 

Mazkur qurilmalarning umumiy jihati shundaki, ular alohida sohalar uchun emas, bir vaqtning o‘zida transport, mehmonxona biznesi, turizm, chakana savdo, ta’lim va davlat xizmatlari kabi keng sohalarga moslashtirilgan. Masalan, raqamli insonlar va intellektual yordamchilar mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonini avtomatlashtirishga qaratilgan bo‘lsa, tarjima ekranlari va suniy intellekt yozuv qurilmalari ko‘p tilli muhitda ishlashni yengillashtiradi. AI serverlar esa katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va korporativ darajadagi sun’iy intellekt tizimlarini ishga tushirish imkonini beradi.

Ushbu tendensiya sun’iy intellekt rivojlanishida muhim burilish nuqtasini ko‘rsatmoqda. Negaki ilgari AI asosan dasturiy ta’minot, chatbotlar yoki alohida algoritmlar ko‘rinishida qabul qilingan bo‘lsa, endilikda u to‘liq ekotizimga aylanmoqda: ya’ni dastur, infratuzilma va jismoniy qurilmalar birlashgan yaxlit tizim sifatida shakllanmoqda.

 

Private Deployment nima uchun muhim?

Toshkentdagi taqdimotda alohida urg‘u berilgan yo‘nalishlardan biri Private deployment tizimi bo‘ldi. Ushbu texnologiya sun’iy intellekt modellarini kompaniya yoki davlat tashkilotining o‘z serverlarida ishlatish imkonini beradi.

Buning amaliy ahamiyati katta. Masalan, banklar, davlat idoralari yoki strategik korxonalar maxfiy ma’lumotlarni tashqi bulutli serverlarga yubormasdan, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanishi mumkin.

So‘nggi yillarda ma’lumotlar xavfsizligi va raqamli suverenitet masalasi ko‘plab davlatlar uchun ustuvor yo‘nalishga aylangan. Shu sababli lokal sun’iy intellekt infratuzilmasini taklif qilayotgan kompaniyalar korporativ va davlat sektorida kattaroq ustunlikka ega bo‘lmoqda.

 

Ilmiy hamkorlik: AI rivoji yakka kompaniya emas, ekotizimga bog‘liq

iFLYTEK tadbirida universitetlar, bulutli infratuzilma provayderlari va texnologik kompaniyalar ishtirok etgani sun’iy intellekt sohasida shakllanayotgan asosiy tendensiyani ko‘rsatadi: AI endi alohida mahsulot emas, bir nechta sektor birlashgan ekotizim natijasi.

Nazarbayev University kabi oliygohlar bu jarayonda ilmiy baza vazifasini bajaradi. Ular til modellari uchun ma’lumotlar tayyorlaydi, algoritmlarni sinaydi va kadrlar tayyorlaydi. Ya’ni AI’ning “aql” qismi aynan shu yerda shakllanadi.

Huawei Cloud esa mazkur modellarni ishlatish va o‘qitish uchun zarur bo‘lgan hisoblash quvvati hamda infratuzilmani ta’minlaydi. Katta til modellari milliardlab parametrlar bilan ishlaydi, bu ’ yuqori unumli serverlar va bulutli tizimlarsiz amalga oshmaydi. Shu ma’noda cloud provayderlar AI’ning texnik asosi hisoblanadi.

Huakun Intelligent Technology International va Instadesk kabi kompaniyalar ilmiy natijalarni real mahsulotga aylantiradi. Ular universitetda yaratilgan yoki yirik platformalarda taqdim etilgan suniy intellekt imkoniyatlarini biznes va davlat tizimlariga moslab joriy qiladi.

 

Platforma mahalliy biznesga nima beradi?

Open Platform mahalliy kompaniyalar uchun birinchi navbatda vaqt va xarajatni qisqartiradi. Startap yoki IT-kompaniya sun’iy intellekt funksiyalarini mustaqil ravishda ishlab chiqishga vaqt sarflamasdan, tayyor API va modellardan foydalanishi mumkin. Bu, masalan, bank uchun intellektual operator, universitet uchun avtomatik baholash tizimi, shifoxona uchun ovozli protokol, koll-markaz uchun virtual operator yoki davlat xizmatlari uchun raqamli yordamchi yaratish muddatini bir necha barobar qisqartirish imkonini beradi.

Ayniqsa, o‘zbek tili uchun nutqni tanish, mashinali tarjima va matn generatsiyasi kabi xizmatlarni rivojlantirishda xalqaro sun’iy intellekt platformalarining mahalliy hamkorlar bilan ishlashi muhim ahamiyat kasb etadi.

WhatsApp: +49 1590 1531116

Email:[email protected]

website: https://aima.xfyun.com

Reklama huquqi asosida

Диёрахон Набижонова
Tayyorlagan Диёрахон Набижонова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish