Namanganda jamoat avtobusida öziga nisbatan şahvoniy şilqimlik qilingan 19 yoşli qizga nisbatan çiqarilgan sud qarori bekor qilindi. Apellyatsiya instansiyasi uning erkakni urgan harakatlarini zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan, deb topdi. Bu haqda Namangan viloyat sudlari telegram kanali xabar berdi.
Hodisa 2026-yil 27-iyul kuni sodir bölgan. 67 yoşli erkak jamoat avtobusida qizning son qismidan uşlab, unga şahvoniy şilqimlik qilgan. Qiz esa bunga javoban erkakni urgan.
Şundan söng jinoyat işlari böyiça Namangan şahar sudi erkakni Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41-1-moddasi (Şahvoniy şilqimlik qiliş) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topgan. Unga BHM ikki baravari - 824 ming söm miqdorida jarima tayinlangan. Qayd qiliş joiz, uşbu moddada jazo çoralari BHM 2 baravaridan 5 baravarigaça jarima yoki 5 sutkagaça ma’muriy qamoqni nazarda tutadi, ya’ni sud erkakka eng yengil jazo bergan.
Qiz esa MJtKning 52-moddasi 2-qismi (Qasddan yengil tan jarohati yetkaziş) böyiça aybdor deb topilib, uning yengillaştiruvçi va şaxsiy holati inobatga olingan holda BHM yarim baravari - 206 ming söm jarimaga tortilgan.
Qiz birinçi instansiya sudi qaroridan norozi bölib, apellyatsiya şikoyati bergan. 12-avgust kuni şikoyat Namangan viloyat sudining apellyatsiya instansiyasida körib çiqildi.
Apellyatsiya sudi qizning erkakka nisbatan qilgan harakatlari «zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan», degan xulosaga keldi. Şu asosda unga oid ma’muriy iş MJtKning 271-moddasi 4-bandiga muvofiq tugatildi.
Şu bilan birga, apellyatsiya instansiyasi erkakka nisbatan tayinlangan jazoni ham qayta körib çiqdi. Sud birinçi instansiya A.N.ga jazo tayinlaşda uning huquqbuzarligi ijtimoiy xavfliligini yetarliça hisobga olmagan, degan xulosaga kelgan.
Natijada sud qarorining A.N.ga oid qismi bekor qilinib, unga nisbatan oğirroq jazo tayinlandi. Biroq sud tomonidan A.N.ga qanday yangi jazo tayinlangani oçiqlanmagan.








