Prezident administratsiyasi töğrisida qonun
Özbekistonda davlat boşqaruvi bilan boğliq sönggi yillardagi eng jiddiy qonunlardan biri qabul qilindi. “Prezident Administratsiyasi töğrisida”gi konstitutsiyaviy qonun 14-avgust kuni e’lon qilindi va şu kundan e’tiboran kuçga kirdi. Qonun Administratsiyaning maqomi, vazifalari va vakolatlarini belgilab beradi.
Qonunga köra, Prezident Administratsiyasi davlat rahbarining faoliyatini taşkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlaydi; prezident qarorlari va topşiriqlari ijrosini nazorat qiladi; kuç işlatişga vakolatli tuzilmalar faoliyatini muvofiqlaştiradi; içki va taşqi siyosatning asosiy yönalişlari böyiça takliflar işlab çiqadi; kadrlar siyosatini yuritadi va boşqa köplab vazifalarni bajaradi.
Administratsiya rahbarining farmoyişlari va topşiriqlari barça davlat organlari, korxona va taşkilotlar hamda mansabdor şaxslar tomonidan bajarilişi majburiy deb belgilandi. Administratsiya rahbarining farmoyişlari normativ-huquqiy hujjatlar tizimida Vazirlar Mahkamasi qarorlaridan ustun turadi. Administratsiya rahbari muhim masalalar yuzasidan prezidentga tahliliy axborotlar kiritadi; kadrlar böyiça qarorlar qabul qilinişida muhim rol öynaydi; bir vaqtning özida Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengaşi raisining örinbosari sifatida xavfsizlikka oid davlat siyosatini yuritişda ham iştirok etadi.
Qonunga binoan, Administratsiya mansabdorlari oila a’zolari bilan birga yuqori darajadagi moddiy va ijtimoiy ta’minot, xavfsizlik, daxlsizlik va immunitet kafolatlariga ega. Administratsiya mansabdorlarini jinoiy javobgarlikka tortişga, ularga nisbatan suriştiruv yoki tergov ötkazişga yöl qöyilmaydi. Bunday immunitet Administratsiya mansabdorlarida umrbod saqlanib qoladi. Status böyiça ikkinçi rangdagi mulozimlar – boşqaruv xodimlariga ham qator kafolatlar belgilangan.

Qiziği, lavozimdan ketganidan keyin ham, ya’ni umrbod saqlanib qoladigan daxlsizlik huquqi – Administratsiyadagi eng taniqli mulozimlaridan biri Ruslanbek Davletovga nasib qilmadi. Çunki u uşbu qonun imzolanişidan bir kun oldin işdan olingan edi. 2017-2022 yillarda adliya vaziri bölgan Davletov, tört yildan buyon Administratsiyada, prezident maslahatçisi bölib işlayotgan edi. U turli yillarda turliça yönalişlar: ijtimoiy-siyosiy, diniy va yoşlarga oid masalalar, şuningdek, vakillik organlari va nodavlat-notijorat taşkilotlar böyiça davlat rahbariga maslahatçilik qilib kelayotgandi.
Uning örniga navoiyşunos olim, filologiya fanlari böyiça falsafa doktori Olim Davlatov Özbekiston prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat taşkilotlar va yoşlar masalalari böyiça maslahatçisi etib tayinlandi. U oxirgi tört yildan buyon Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti direktori lavozimida işlab kelgan. Olim Davlatov “Alişer Navoiy şe’riyatida Qur’on oyatlari va hadislarning badiiy talqini” mavzusida PhD dissertatsiyasini himoya qilgan.
Sun’iy intellektda işlangan “körgazmali suratlar”
Mustaqillik bayrami arafasida respublika böylab mahallalarni obod va körkam körinişga keltiriş işlari davom etyapti. Bu jarayonda Navoiy şahridagi holat köpçilikning e’tiborini tortdi. Gap şundaki, şahar hokimligi Hayot mahallasida qilingan işlar haqida öz Telegram-kanalida e’lon qilgan suratlarda sun’iy intellektdan foydalanilgani odamlar e’tiborini tortdi. Suratlarda fasad qismi köçib ketgan hovli uylar devori böyalgani, ayrim joylarda hatto yaşil maysalar ham göyoki tezda unib çiqişga ulgurgani aks etgan.

Köp ötmay Navoiy şahri hokimligi e’lon qilingan suratlar sun’iy intellekt mahsuli ekanini tan olib, jamoatçilikdan uzr söradi va “e’tiborsizlikka yöl qöygan” mas’ullarga ogohlantiriş berilganini ma’lum qildi. Hokimlikka köra, mahalladagi özgarişlarni “körgazmali va sifatliroq formatda” taqdim etiş maqsadida sun’iy intellektdan foydalanilgan, lekin suratlar “tekşiruvdan ötkazilmasdan” e’lon qilib yuborilgan. Şu bilan birga, Hayot mahallasida haqiqatan amaliy işlar qilinganini körsatiş uçun işlov berilmagan haqiqiy suratlar ham taqdim etildi.
Navoiy şahar hokimligidan farqli ravişda, boşqa heç qaysi rahbar “Dolzarb 40 kunlik” doirasidagi nomaqbul işlari uçun uzr söramadi. Xususan, bir ayolning uyiga kirib, uning şa’ni va qadr-qimmatini kamsitgan, şaxsiy hayot daxlsizligini buzgan Şahrisabz tumani hokimidan sado çiqmadi. “Şarmandali mahalla” va “Uyatli xonadon” bannerlari bilan maşhur bölgan Çinoz tumani hokimi esa, agar aybi bölsa, uzr söraşga tayyorligini bildirdi.
Şerzod Salihovning aytişiça, mahalla va xonadonlarga “Şarmandali mahalla” va “Uyatli xonadon” yozuvli plakatlarni iliş taşabbusi uning özidan çiqqan, heç kim unga bunday topşiriq bermagan.
“Bu – özimning taşabbusim. Yiğiliş oxirida agar aytilgan vazifalarni bajarmasalaring, şunaqa qilinadi, deb aytganman. Lekin bu heç qayerda joriy qilinmadi. “Şarmandali mahalla” degan banner yopiştirilib, yana öşa zahoti köçirib olib ketilgan. Faqat ijtimoiy tarmoqqa çiqariş uçun videoga olingan. Lekin birorta xonadonga, birorta mahallaga osib qöymaganman. Şunaqa bölişini körsatib, yana qaytarib olib qöyganmiz”, – dedi Çinoz hokimi Daryöga bergan izohida.

Uning aytişiça, bu holatni har xil talqin qilayotganlar “bir kun hokim bölib işlasa, vaziyatni tuşunadi”.
“Hamma har xil talqin qilyapti buni. Lekin öşa talqin qilayotganlar bir kun kelib hokim bölib, xalq bilan işlasa, vaziyatni tuşunadi. Biz kimningdir uyiga tazyiq bilan kirib emas, tuşuntirib tarğibot qildik. Buni taşviqotning bitta körinişi deb qabul qilişsa, menimça, töğri talqin böladi. Balki qaysidir joyda sal qöpollaşib ketgandirman. Beayb parvardigor. Aybimiz bölsa, uzrimizni söraymiz”, – degan Salihov.
Çinoz tumani hokimi “kimningdir uyiga tazyiq bilan kirmadik” deganda, Şahrisabzdagi hamkasbi Samad Hasanovga işora qilgan bölsa, ajab emas. Eslatib ötamiz, Hasanovning qilmişi yuzasidan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi Qaşqadaryo viloyati hokimligiga taqdimnoma kiritgan.
“Temiryölda umuman şaroit yöq” – Uluğbek Qosimov

Avtomobil yöllarimiz ayrim joylarda şunçalik rasvoki, odamlar dodlab yuboryapti. Poyezdda yuray desang, taniş-bilişsiz çipta topib bölmaydi, topganingda ham vagon içida nafas olib bölmaydi – manzilingga yetguningça kasal bölib qolasan. Samolyotda boray desang, umuman şarmanda – aviaçiptalar narxi ikki barobar oşib ketgan. Transport prokuraturasi, Raqobat qömitasi kabi taşkilotlar esa – tomoşabin.
Bu – bizning gaplarimiz emas, bu – Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimovning tanqidlari. U Jarqörğon tumaniga taşrifi vaqtida hokimlar uçun ança noodatiy va tanqidiy nutq sözlab, transport sohasi mas’ullarining pöstagini qoqdi:
“Surxondaryo aholisini Toşkent bilan boğlovçi M-39 yölini hamma yaxşi bilib turibdi. Boysundan ötgandan keyin yurib bölmaydi. Taksiçilarimiz, avtobusçilar dodlab yuboryapti. Yuziga qaraşga közimiz qolmadi.
Temiryölda umuman şaroit yöq. Vagonga mingan odam Toşkentga borgunça kasal bölib qolyapti. Na sovutiş tizimi işlaydi, na şaroit bor, na bilet bor, na vokzalda şaroit bor... Termizdan Sariosiyoga qatnaydigan poyezdlarda odam taşib bölmaydi. Transport prokurori – tomoşabin. Ey, oğayni, mansabdor odam obröni mehnat bilan oladi. Umuman şaroit yöq. Qanday odam taşiyapsan uning içida? Transport boşqarmasi qayerga qaraydi?
Aviabiletlarda umuman şarmanda: narxi ikki baravar bölib ketgan. Monopoliya degan taşkilot – tomoşabin. Qanday borsin kambağal odam, bilet narxiga qarab bölmaydi. Taniş-bilişsiz bilet topib bölmaydi...
Prezidentimiz temiryöldan yurib, qança e’tiroz qildi? Bir hafta içida şahar atrofi poyezdlarini ham, Toşkentga qatnaydigan poyezdlarni ham töliq jihozlaysiz. Odam minadigan şaroit qilib, nima talab qöyilgan bölsa, qilinişi şart. Biletni monopoliya töliq tahlil qilib çiqsin. Kompaniya odamlarga neça pul ustama qöyib ötiribdi?
Odamlarimizga rahmat-ye, indamay minib ketib boryapti. Student, qari odamlar... Nafas olib bölmaydi uning içida. Prokuror çiqadimi unga, yuragi kötarmaydi, vaqti yöq... Operativ xodimlaring qayerga qarayapti? Temiryölning özining “SES” degan taşkiloti bormi, qayerga qaraydi?”
Surxondaryo hokimi poyezdlar, vokzallar va aeroportlardagi şaroitlarni yaxşilaşga bir hafta muddat bergan, şuningdek, Raqobat qömitasi hududiy boşqarmasiga “10 sömlik çiptalar sun’iy tösiqlar bilan 25 sömdan sotilayotgani, tanişi borlar çipta olayotgani” bilan boğliq muammolarni hal etişni buyurgan. Uning yuqoridagi tanqidlariga temiryöl va aviatsiya sohalari mas’ullaridan rasmiy munosabat bölmadi.
Şahvoniy şilqimlik jabrlanuvçilariga jazo
Şahvoniy şilqimlik bilan boğliq sudlarda körilgan ikkita holat oxirgi paytlarda jamoatçilik e’tiborini tortdi. Har ikkala holatda ham 18 yoşli qizlar şahvoniy şilqimlikka uçragan, lekin qiziği, sudlar özini himoya qilgan qizlarni ham aybdorga qöşib javobgarlikka tortgan.
Birinçi holat Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida röy bergan. Sport maktabida murabbiy bölib işlovçi 26 yoşli erkak sobiq öquvçisi bölmiş 18 yoşli qizni xiyobonda uçratib qolib, unga jinsiy aloqa qilişni taklif qilgan. Bundan jahli çiqqan qiz ustozi bilan janjallaşib ketgan. Sudda erkak aybiga töliq iqror bölib, şahvoniy şilqimlik moddasi böyiça 5 sutkaga qamalgan va, e’tiborlisi, jabrlanuvçi qiz ham jamoat joyida baqir-çaqir qilgani uçun mayda bezorilikda ayblanib, 1,2 mln söm jarimaga tortilgan.
Sud qarori tarmoqlarda tanqidlarga sabab bölgaç, iş apellyatsiyada qayta körib çiqildi va qiz heç qanday huquqbuzarlik sodir etmagan deb topilib, jarima bekor qilindi. Sirdaryo viloyati sudlari xabariga köra, mazkur iş böyiça suriştiruv olib borgan profilaktika inspektori va birinçi instansiya tergov sudyasiga nisbatan taqdimnoma kiritilgan.
Şunga öxşaş ikkinçi holat Namangan şahrida kuzatildi. U yerda 66 yoşli erkak avtobusda 18 yaşar qizning son qismidan uşlab, unga şahvoniy şilqimlik qilgan. Qiz esa bunga javoban erkakka qöl kötargan. Namangan şahar sudi bu holatda erkakka 824 ming söm, qizga esa şilqimni urgani uçun 206 ming söm jarima tayinlagan. Keyinçalik apellyatsiya sudi tomonidan qiz öz harakatini zaruriy mudofaa holatida sodir etgani e’tirof etildi va tayinlangan jazo bekor qilindi. Uning sonini uşlagan erkakning jazosi esa oğirroği bilan almaştirildi.
Sud tizimida nimalar özgaradi?

Özbekistonda 2030-yilga qadar xalqçil va adolatli sud tizimini barpo etiş strategiyasi qabul qilindi. Strategiya loyihasini davlat rahbariga Oliy sudning yangi raisi Robaxon Mahmudova taqdimot qildi va şu kuni imzolangan prezident farmoni bilan, “Odil sudlov – 2030” strategiyasi tasdiqlandi.
Unga köra, ayni bir sud özi çiqargan qarorni özi qayta körib çiqişi amaliyotiga çek qöyiş va odamlarning adolat izlab Toşkentga qatnaşiga zaruratni kamaytiriş maqsadida, viloyat sudlarining qarorlarini qayta köriş bilan şuğullanuvçi beşta hududlararo sudlar taşkil etiladi. Odamlarning eng köp işi tuşadigan fuqarolik sudlari ham odamlarga yaqinlaşib, deyarli barça tuman-şaharlarda işlay boşlaydi. Iqtisodiy sudlarda esa nizolarni tezkor hal etiş, tadbirkorlarning idorama-idora sarson bölişi va hujjatlarni qayta-qayta topşirişiga çek qöyiş uçun “iqtisodiy işlarni proaktiv boşqariş” standarti joriy etiladi.
Şuningdek, tergov sudyalarining qamoqqa olişga sanksiya berişni rad etiş böyiça vakolatini kengaytiriş, yagona sud amaliyotini ta’minlaş maqsadida “Pretsedentlar reyestri”ni yuritiş, “Raqamli sud” konsepsiyasi doirasida sudlarga murojaatlarning kamida 50 foizi elektron şaklda berilişiga erişiş közda tutilgan. Kutilayotgan tartibga köra, agar kelib tuşgan ariza boşqa sudga taalluqli bölsa, ariza qaytarib yuborilmaydi: bunday holatda arizani olgan sudning özi uni tegişli sudga yönaltirişi kerak.
Bundan taşqari, sudyalarni har xil taşkiliy işlardan ozod qiliş va ular faqat odil sudlov bilan şuğullanişiga şaroit yaratiş maqsadida, xalqaro andozalarga mos “sud ma’murçiligi” instituti joriy etiladigan böldi. Sud apparati xodimlari uçun maxsus xizmat kiyimi ham amaliyotga kiritiladi. Xizmat kiyimining joriy etilişi – sud xodimlarini oson tanib oliş imkonini berişi va ularning kasbiy mas’uliyatini oşirişga xizmat qilişi aytilyapti.
Şavkat Mirziyoyev: “Odamlar suddan rozimi degan savol köndalang turibdi”
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Bolaga familiya beriş tartibi özgartirildi. Oila kodeksiga şu hafta kiritilgan özgarişga binoan, bundan buyon bolaga otasining ismi ham familiya sifatida berilişi mumkin. Bunday holatlar amaliyotda uçrab turgan bölsa ham, uşbu qoida kodeksda nazarda tutilmagan edi. Oila kodeksi böyiça, bunga qadar bolaga otasi yoki onasining familiyasi berilişi, yo bölmasa otasi yoki onasi tomondan bobosining ismi böyiça familiya qöyilişi mumkin edi. Yangi tartib esa otalarga öz ismini farzandiga familiya qilib berişga ruxsat beradi. Mazkur qonun bilan, şuningdek, xususiy arxivlar faoliyatiga ham ruxsat berilmoqda.
Bankdan naqd valyuta sotib oliş tartibi liberallaştirildi. Endilikda banklardan 500 dollargaça naqd valyutani pasportsiz sotib oliş mumkin. 9-avgustgaça bu çegara 100 dollar edi. Şuningdek, agar 500 dollardan köproq naqd valyuta olmoqçi bölsangiz yoki boşqa turdagi bank xizmatlaridan foydalanmoqçi bölsangiz, endi şaxsni tasdiqlovçi hujjat albatta yoningizda bölişi şart emas: pasport yoki ID-kartaning elektron şaklini MyGov va “Ijtimoiy karta” ilovalari orqali ham bank xodimiga taqdim etsa böladi. Eslatib ötamiz, joriy yil 22-maydan kuçga kirgan hukumat qaroriga asosan, MyGov ilovasidagi hujjatlar, xususan haydovçilik guvohnomasining elektron şaklini içki işlar xodimlari ham qabul qilişi kerak, lekin vazirlik bu talabni amalda bajarişni paysalga solib kelmoqda.
Ukraina dronlarining Tataristonga hujumida 8 nafar özbekistonlik halok böldi. Nijnekamsk şahriga uyuştirilgan tungi hujumda dronlardan biri sanoat zonasida joylaşgan, quriliş işçilari yaşayotgan hostelga kelib urilgan. Oqibatda 13 kişi, xususan 8 nafar özbekistonlik va bir tojikistonlik halok böldi. Marhum yurtdoşlarimiz jasadlari Özbekiston Mudofaa vazirligi samolyotida vatanga olib kelindi. Ukraina tomoni fuqarolik ob’yekti bölmiş hostelga qilingan hujum va uning oqibatlari yuzasidan munosabat bildirmadi. Kun.uz suhbatlaşgan siyosatşunoslar ta’kidiça, rasmiy Kiyev Özbekiston tomoniga hamdardlik bildirişi, halok bölganlarning oilalaridan uzr söraşi va kompensatsiya masalasini körib çiqişi kerak.
Markaziy Osiyo energetika tizimida özaro boğliq uzilişlar röy berdi. 14-avgust kuni tuşdan keyin Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikistonning qator hududlarida deyarli bir vaqtda elektr ta’minoti uzilişi kuzatildi. Özbekiston Energetika vazirligi qöşni mamlakatda röy bergan avariya mintaqaning yagona energotizimiga ta’sir qilgani va avariyaga qarşi avtomatika işlaganini ma’lum qildi, ammo qaysi mamlakat haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmadi. Qozoğiston tomoniga köra, mintaqaviy blekaut Qirğizistondagi Töxtağul GESda ikkita generatorning öçişi bilan boğliq bölgan. Qirğiziston va Tojikiston rasmiylari muammo sabablariga aniqlik kiritayotganini bildirdi.







