Şayxontohur tumanida maktab qöriqçisi 12 yoşli qizga şahvoniy şilqimlik qildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
Sud hujjatiga köra, 23 yoşli Ş.J. maktabda şartnoma asosida qöriqçi bölib işlagan. U 15-sentabr kuni soat 15:30 da maktab binosida 12 yoşli öquvçi qizning oldiga borgan hamda uning belidan uşlab, labidan öpgan holda şahvoniy şilqimlik qilgan.
Suriştiruv organi Ş.J. sodir qilgan harakatni Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismi (şahvoniy şilqimlik qiliş) bilan kvalifikatsiya qilgan va işni sudga yuborgan.
Sud Ş.J.ga nisbatan qözğatilgan maʼmuriy işni körib çiqib, huquqbuzarlik holatida jinoyat alomati bor, degan xulosaga keldi va uni prokurorga qaytariş haqida ajrim çiqardi.
“Ş.J. şahvoniy şilqimlik harakatlarini voyaga yetmagan, 2014-yilda tuğilgan qizga nisbatan sodir etgan yoki etmaganligi, uning harakatlarida jinoyat alomatlari bor yoki yöqligi va iş holatlari töliq tekşirilmagan. Qayta suriştiruv jarayonida iş holatlari töliq tekşirilib, Ş.J.ning harakatlarida jinoyat alomati bor yoki yöqligini, jinoyat sodir qilingan bölsa uning harakatlariga tegişli baho berilişi lozim böladi”, deya keltirilgan sud ajrimida.
Maʼlumot uçun, Jinoyat kodeksining 129-moddasiga köra, 16 yoşga tölmagan şaxsga nisbatan zörlik işlatmay uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etiş 3 yilgaça, bunday harakatni 14 yoşga tölmagan şaxsga nisbatan sodir etiş 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi. Agar uşbu harakatlar zörlik işlatib yoki qörqitib sodir etilgan bölsa, 5 yildan 8 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi beriladi.












