JÇ-2026 nimçorakfinalida Paragvay va Fransiya örtasidagi uçraşuvda çiqqan olov tinay demayapti. Paragvaylik senator Kilian Mbappeni qattiq tanqid qildi irqçilikka yöl qöydi.

«Mustamlakadan çiqqan kamerunlik. Takabbur va badbaşara».

Paragvaylik senator Selesta Amarilya Fransiyaga qarşi öyindagi voqealarni şu qadar oğir qabul qildiki, X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida Kilian haqida şunday sözlarni yozdi:

«Zör berib özini fransuz qilib körsatuvçi mustamlakadan çiqqan kamerunlik. Takabbur, puldor va badbaşara. U butun öyin davomida asabiylaşdi va butun jamoasi kabi ölgudek qörqib ketdi, ular birorta gol ura olişmadi va faqat baxtli tasodif tufayli ğalaba qozonişdi.

Paragvay jamoasiga ta’na qiliş mumkin bölgan yagona narsa – öyindan keyin heç kim unga şapaloq tortmagani.

Bu yigitça hatto yozişni ham örganmagan, ona suti örniga kokos sutini içgan, u tinglaganlar orasida eng öqimişlisi esa şimpanze bölgan. Orlando Gil [Paragvay darvozabon] unga örta barmoğini körsatişi kerak edi».

Amarilyaning Kilianga bunçalik kuçli nafrat izhor etişiga öyindan keyin Mbappe paragvayliklar darvozaboniga qöl berişdan boş tortgani va uni masxara qilgani sabab böldi.

Şundan keyin darvozabon töpni unga qarata otib yuborgandi.

Qayd etiş kerakki, Paragvayda juda köpçilikni fransuz futbolçisining uşbu xatti-harakati qattiq norozi qildi – jamoa turnirni tark etganidan keyin mahalliy matbuotda unga hujum qilindi.

Mbappening xatti-harakati Argentina milliy jamoasi sobiq darvozaboni, öyinda DSpors telekanali uçun işlagan Serxio Goykoçeaga ham yoqmagan: «Töğri, buni Mbappening ijrosida köriş açinarli. Men futbol folklorini tuşunaman, ba’zi janjallarni tuşunaman, lekin oxirida ğalaba qozonganingda özingni şunday tutiş, tabassum qiliş va maqtanişni emas».

«Siz lavozimiga noloyiq jirkanç ayolsiz». Mbappe javob qaytardi