Janubiy Afrika milliy jamoasi va "Mamelodi Sandaunz" klubi yarimhimoyaçisi Jyeyden Adams 25 yoşida vafot etdi, deb xabar berdi The Guardian.

Futbolçi ölimining sababi ma’lum qilinmagan. 

JAR sport vaziri Geyton Makkenzi uşbu xabar böyiça bayonot berdi.

"Bugun Janubiy Afrika futboli özining eng yorqin yoş iste’dodlaridan birini yöqotdi. Mamlakatimiz uning oilasi, jamoadoşlari va yoş iqtidorning akademiyadan JAR milliy jamoasiga qadar ösib borişini kuzatgan millionlab muxlislar bilan birgalikda qayğuda", - dedi Makkenzi.

Adams professional faoliyatini "Stellenbos" klubida boşlagan bölib, 2025 yilda mamlakatning eng sovrindor "Mamelodi Sandaunz" klubiga ötgandi.

U milliy jamoa tarkibida töqqizta öyin ötkazgan va bitta golga mualliflik qilgan. Adams 2026 yilgi jahon çempionati guruh bosqiçining uçta öyinida maydonga tuşgandi.