Bronza uçun öyin haqiqiy şouga aylandi

Fransiya – Angliya 4:6
Gollar: Rays, 3 (0:1). Konsa, 18 (0:2). Saka, 37 (0:3). Saka, 45+1 (0:4). Mbappe, 48 (1:4). Barkolya, 54 (2:4). Mbappe, 66 (3:4). Saka, 87 - penalti (3:5). Dembele, 90+6 (4:5). Bellinghem, 90+8 (4:6)
Fransiya: Menyan, Konate (Din, 46), Lakrua, Ernandez (Upamekano, 46), Gyusto (Kunde, 90), Rabio, Zair-Emeri, Şerki (Dembele, 46), Due (Barkolya, 46), Olise, Mbappe
Angliya: Henderson, Konsa, Geyi (Çaloba, 90), Kuansa (Jyeyms, 83), Spens, Rays, Rodjyers, Eze (Anderson, 79), Saka, Reşford (Uotkins, 46), Toni (Bellinghem, 79)

«Angliya öynaşni xohlamaydi, biz ham. Ammo ötkaziş kerak bölgan butun bir öyin bor», – degandi yarimfinaldagi mağlubiyatdan keyin Fransiya milliy jamoasi ustozi Dide Deşam.

«Bizning futbolçilarimizdan heç biri, şuningdek, fransuzlardan heç biri bu öyinda öynaşni xohlamaydi. Hamma jahon çempionatida ğalaba qozoniş uçun öynaydi, ammo vaziyat şunday bölib qoldi», – deya Deşamning fikrini takrorlagandi Tomas Tuxel Argentina bilan öyindan keyin.

Şuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda jahon çempionatlarida uçinçi örin uçun öyinlarni bekor qiliş lozimligi haqida çaqiriqlar yangradi.

Ikki murabbiy ham öyinga örtoqlik uçraşuvidek yondaşişdi va maydonga deyarli ikkinçi tarkiblarini tuşirişdi. Bu esa futbol muxlislari uçun ayni muddao böldi – jiddiy mas’uliyat yöq bölgan öyinda jamoalar tom ma’noda yeçilib ketişdi va muxlislar uçun haqiqiy şou uyuştirib berişdi.

Öyinning uçinçi daqiqasidayoq Due öz darvozasiga yaqin hududda xato qildi, töpni undan olib qöygan «Arsenal» yarimhimoyaçisi Deklan Rays jarima maydoniga yaqinlaşib bordi va kuçli zarbasi bilan hisobni oçdi.
 
18-daqiqada esa Rays burçakdan oşirgan töpni «Aston Villa» himoyaçisi Ezri Konsa darvozaga töğrilab yubordi va hisobdagi farqni oşirdi.

Kuling brekdan keyin karnaval davom etdi. «Arsenal»ning boşqa bir futbolçisi Bukayo Saka katta sahnaga çiqdi va bölim oxirigaça dublni rasmiylaştirib, hisobni yirik körinişga keltirdi – 4:0.

Fransuzlar ikkinçi bölimga kelib uyğonişdi. Mbappe bölim boşida dastlabki javob golini urdi, keyin esa Barkolyaning goliga assistentlik qildi.