Davlat mehnat inspeksiyasi ma’lum qilişiça, körsatmada anomal issiq şaroitida mehnat xavfsizligini ta’minlaşga qaratilgan qator majburiy talablar belgilangan.
Unga köra, mahalliy hokimliklar va tegişli taşkilotlar oçiq havoda mehnat qilayotgan xodimlar uçun moslaşuvçan iş rejimini joriy etişi, yuqori harorat ta’sirida bajariladigan işlarni esa soat 10:00–17:00 oraliğida vaqtinça töxtatişi lozim.
Şuningdek, iş beruvçilar xodimlarni yetarli miqdorda sifatli içimlik suvi bilan ta’minlaşi, quyoş nurlari va yuqori haroratdan himoyalangan dam oliş joylarini taşkil etişi talab etildi.
Körsatmaga muvofiq, majburiy tibbiy körikdan ötmagan yoki tibbiy xulosaga köra işga yaroqsiz deb topilgan şaxslarni işga jalb etişga yöl qöyilmaydi. Bundan taşqari, xodimlar şaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanişi hamda mehnat va dam oliş tartibi qayta körib çiqilişi kerak.
Hujjatda yuqori harorat ta’sirida soğliği yomonlaşgan xodimga zudlik bilan birinçi tibbiy yordam körsatiş çoralarini köriş ham belgilangan.
Davlat mehnat inspeksiyasi mazkur talablarning bajarilişi doimiy nazorat qilinişini ma’lum qildi. Mehnatni muhofaza qiliş qoidalarini buzgan mansabdor va mas’ul şaxslar esa amaldagi qonunçilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.








