Toşkent viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi Ekopolitsiyasi xodimlari tomonidan aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan tegişli çoralar körilmoqda.
Xususan, joriy yilning 15 iyunidan 16 iyuliga qadar Ekopolitsiya xodimlari tomonidan ötkazilgan ekologik reydlar davomida quriliş çiqindilarini belgilangan joylardan taşqariga noqonuniy taşlaş bilan boğliq 21 ta huquqbuzarlik holati aniqlandi.
Qoidabuzarlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylaştirilib, jarima çoralari qöllanildi.
Şuningdek, 14 ta transport vositasi jarima maydonçasiga joylaştirildi.
Bundan taşqari, quriliş çiqindilarini belgilanmagan joyga takroran taşlagan ikki yuk avtomobilini musodara qiliş masalasini körib çiqiş uçun tegişli hujjatlar tayyorlanib, sud organlariga yuborildi.












