Reuters agentligining xabar berişiça, Yevropa Ittifoqining raqobatni nazorat qiluvçi asosiy organi - Yevropa komissiyasi Paramount Skydance kompaniyasi tomonidan Warner Bros. Discovery (WBD) mediaxoldingini 110 milliard dollarga sotib oliş böyiça bitimga rozilik berdi.

Komissiya ma’lum qilişiça, Paramount Skydance Yevropa bozorida raqobatga doir xavotirlarni bartaraf etiş uçun qator majburiyatlarni öz zimmasiga olgan.

UIP faoliyati tugatiladi

Kelişuvga muvofiq, bitim rasman yakunlanganidan keyin 13 oy içida Paramount Skydance Yevropa hududida United International Pictures (UIP) kompaniyasi faoliyatini töxtatadi.

UIP - Paramount va Universal Pictures tomonidan taşkil etilgan qöşma kino distributsiyasi kompaniyasi hisoblanadi.

Şuningdek, Paramount Skydance keyingi 10 yil davomida Universal Pictures bilan Yevropada filmlar distributsiyasi böyiça yangi kelişuvlar tuzmaslik majburiyatini oldi.

Bundan taşqari, Warner Bros. filmlarining kinoteatrlardagi tarqatiş huquqlari Paramountʼning öz distribyutoriga berilmaydi.

Yevrokomissiya aynan şu majburiyatlar raqobat muhitiga oid xavotirlarni bartaraf etganini bildirdi.

AQŞda bitim sud tomonidan töxtatilgan

Şu bilan birga, AQŞda mazkur kelişuv hozirça amalga oşirilmaydi.

Ötgan hafta Kaliforniya ştati, Oklend okrug sudi sudyasi Araseli Martines-Olgin 12 ştat boş prokurorlarining qöşma murojaatini qanoatlantirib, bitimni 14 kunga vaqtinça töxtatiş haqida qaror çiqardi.

Kaliforniya boş prokurori Rob Bonta va boşqa prokurorlar fikriça, bunday yirik birlaşuv kino prokati hamda kabel telekanallari kontentini litsenziyalaş bozorida raqobatni susaytirişi mumkin.

Yirik media aktivlar bir qölga ötişi mumkin

Warner Bros. Discovery tarkibiga Warner Bros. kinostudiyasi, HBO telekanali, HBO Max striming platformasi, şuningdek, CNN, TNT Spors va Discovery kabi yirik telekanallar kiradi.

Agar bitim töliq amalga oşsa, uşbu aktivlar Paramount Skydance rahbari Devid Ellison nazoratiga ötadi.

Devid Ellison - Oracle korporatsiyasi asosçisi, milliarder Larri Ellisonning öğli hisoblanadi.

Bitimga qarşi da’volar ham mavjud

Mazkur bitimga qarşi Amerika Ssenaristlar gildiyasi ham sudga murojaat qilgan.

Ularning fikriça, birlaşuv ssenaristlarning mehnat bozoridagi imkoniyatlarini qisqartiradi va AQŞ köngiloçar industriyasiga salbiy ta’sir körsatişi mumkin.

Bundan taşqari, Buyuk Britaniya ham uşbu bitimni diqqat bilan kuzatayotganini ma’lum qildi.

Britaniya rasmiylari birlaşuv yangiliklar xizmati, bolalar uçun televizion dasturlar va striming platformalari faoliyatiga salbiy ta’sir körsatişi mumkinligidan xavotir bildirgan.