Hukumat qarori bilan Buxoro şahrining boş rejasi tasdiqlandi.
Unga köra, şahar aholisi soni 289,19 ming kişidan 385 ming kişiga, hududi 7 966,78 gektardan 11 847,06 gektarga özgaradi.
Uy-joy fondi umumiy maydoni 4 456,31 ming kv metrdan 8 085 ming kv metrga, uy-joy maydoni bilan ta’minlaniş darajasi bir kişiga 15,4 kv metrdan 21 kv metrga yetadi, uy-joy fondi qisqarişi 114,66 kv metrni taşkil qiladi.
Şuningdek, magistral köçalarning uzunligi 102,6 km.dan 203 km.gaça oşiriladi hamda yiliga 163,8 mln yölovçiga xizmat körsatiladi.
Aholining ijtimoiy soha ob’yektlariga bölgan talabini amaldagi me’yorlarga moslaştiriş maqsadida soha körsatkiçlari quyidagi tarzda özgaradi:
madaniy, maişiy va kommunal ob’yektlarni aholining ijtimoiy ehtiyojlariga va amaldagi me’yorlarga javob beradigan darajaga yetkaziş;
böş hududlarda mavjud vaziyat bilan birgalikda markazni rivojlantiriş, yangi jamoat majmualarini quriş.









