Yangi majmua Buxoroning yirik xalqaro tadbirlarga mezbonlik qiliş imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qiladi. Kongress-xollda forumlar, oliy darajadagi uçraşuvlar va boşqa yirik anjumanlarni ötkaziş rejalaştirilgan.

Kongress-xoll loyihasining qiymati 60 million dollarni taşkil etadi. Uning doirasida maydoni 14,5 ming kvadrat metr bölgan bino barpo etilmoqda. Hozirga qadar asosiy betonlaştiriş işlari yakunlangan. Ayni paytda taşqi muhandislik tarmoqlarini tortiş, fasad va tom qismlarini quriş davom etmoqda.

Şu hududda qiymati 37 million dollar bölgan Hilton Garden Inn mehmonxonasi ham qurilmoqda. Yetti qavatli mehmonxona 212 ta xonadan iborat böladi. Loyihada yerosti avtoturargohi ham közda tutilgan.

Mehmonxonaning asosiy konstruksiyalari qurib bitkazilgan. Hozir içki devorlar, muhandislik tarmoqlari va fasad işlari olib borilmoqda.

Yana bir loyiha - qiymati 39,6 million dollar bölgan Holiday Inn mehmonxonasi. Bu bino ham yetti qavatli va 212 xonali böladi. Uning yonida ikki qavatli biznes markazi ham barpo etilmoqda.

Ayni paytda Holiday Inn mehmonxonasida tomni montaj qiliş va içki devorlarni quriş işlari bajarilmoqda. Biznes markazi yertölasida esa betonlaştiriş işlari yakuniy bosqiçga yetgan.

Mazkur loyihalar xorijlik sayyohlar oqimi va xalqaro tadbirlar uçun zamonaviy infratuzilmaga talab ortib borayotgan şaroitda amalga oşirilmoqda. 2025-yilda Özbekistonga kelgan xorijlik sayyohlar soni 2016-yilga nisbatan qariyb olti barobar, turizm xizmatlari eksporti esa ön bir karra oşgan.