Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro şahrida rejalaştirilgan yirik xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik masalalari böyiça yiğiliş ötkazdi.

Davlat rahbari bölajak tadbirlar Buxoroning boy tarixiy merosi va bugungi salohiyatini namoyon etiş bilan birga, viloyatni rivojlantirişga xizmat qilişi kerakligini taʼkidladi. Buning uçun tayyorgarlikni tadbirlar ötadigan joylar bilan çeklamay, transport, xizmat körsatiş, xavfsizlik va şahar infratuzilmasini yaxlit holda rivojlantiriş zarur.

Yiğilişda oliy darajadagi uçraşuvlar va yirik xalqaro tadbirlarni yuqori saviyada taşkil etiş masalalari körib çiqildi. Har bir vazirlik va idoraga xorijiy hamkorlar bilan öz yönalişi böyiça mazmunli muloqotga tayyorgarlik köriş, mamlakatdagi islohotlarning amaliy natijalarini körsatiş va yangi qöşma taşabbuslar işlab çiqiş vazifasi qöyildi.

Jamoat xavfsizligini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratildi. Buxoroda zamonaviy vaziyat markazlari faoliyatini yölga qöyiş, jamoat joylari va sayyohlik obyektlaridagi holatni raqamli texnologiyalar yordamida kuzatiş, yöl harakatini boşqariş hamda kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşiş böyiça rejalar muhokama qilindi. Mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olişda profilaktika inspektorlari va «mahalla yettiligi» hamkorligini kuçaytiriş zarurligi qayd etildi.

Prezident Buxoroga kelgan mehmon avvalo aeroport, vokzal va yöllar holatiga eʼtibor qaratişini taʼkidladi. Şu bois qiymati 300 million dollar bölgan yangi xalqaro aeroport qurilişi, uni şahar bilan boğlovçi 23,5 kilometrlik yölni barpo etiş va yöl böylarini kökalamzorlaştiriş işlari körib çiqildi. Temir yöl vokzallari atrofini obodonlaştiriş, avtoturargohlar, yoritiş, servis va jamoat transporti qatnovini yaxşilaş böyiça topşiriqlar berildi. Şahar va tumanlarni vokzallar bilan boğlaş uçun qöşimça 120 ta avtobus jalb etiş belgilandi.

Buxoroning iqlim şaroitini hisobga olgan holda yaşil hududlarni kengaytiriş, daraxt va butalar ekiş bilan birga, ularning parvarişi uçun suğoriş hamda drenaj tizimlarini taşkil etiş masalalariga ham eʼtibor qaratildi.

Xalqaro tadbirlardan investitsiya va iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş uçun foydalaniş zarurligi taʼkidlandi. Sanoat kooperatsiyasi, yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş, transport-logistika va eksport sohalarida xorijiy şeriklar bilan amaliy kelişuvlarga erişiş böyiça takliflar körib çiqildi. Şuningdek, viloyatda qayta tiklanuvçi energetika loyihalari, elektr energiyasini uzatiş va saqlaş infratuzilmasini rivojlantiriş işlari muhokama qilindi.