Poytaxtda aholi tomonidan ijobiy baholangan Şota Rustaveli köçasidagi BRT yölagini Şahrisabz köçasi böylab davom ettiriş işlari boşlanadi.
Şu munosabat bilan 2026 yil 24 iyul soat 01:00 dan 9 avgust soat 23:00 gaça Şahrisabz köçasining Şahrisabz–Mirobod–Şota Rustaveli aylanma çorrahasidan Amir Temur şohköçasi bilan kesişmasigaça bölgan qismida BRT yölagi talablariga moslaştiriş böyiça quriliş-ta’mirlaş işlari amalga oşiriladi.
Ma’lum qilinişiça, işlar davomida mazkur köça transport harakati uçun töliq yopilmaydi. Quriliş işlari yölning markazidagi törtta harakatlaniş tasmasida olib boriladi.
Şu bilan birga, har ikki yönalişda yölning öng çekkasidagi ikkita harakatlaniş tasmasi orqali transport vositalari harakati saqlab qolinadi.
Mas’ullar haydovçilardan quriliş işlari olib borilayotgan hududda ehtiyotkorlik bilan harakatlanişni hamda vaqtinçalik harakat çeklovlarini inobatga olişni söradi.












