Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2026 yil 1 iyul holatiga Özbekistonning doimiy aholisi 38 million 519,5 ming kişini taşkil etgan.

Aholining 19 million 400,6 ming nafari erkaklar, 19 million 118,9 ming nafari ayollar hissasiga töğri keladi. Şu tariqa, mamlakatda erkaklar soni ayollardan qariyb 282 ming nafarga köp.

Yaşaş joyi böyiça 19 million 608,9 ming kişi şaharlarda, 18 million 910,6 ming kişi qişloq joylarda istiqomat qiladi.

2026 yilning yanvar–iyun oylarida respublikada 92,3 mingta nikoh va 24,8 mingta nikohdan ajraliş holati qayd etilgan.

Şuningdek, taşqi migratsiya doirasida Özbekistonga 1 649 kişi köçib kelgan, 5 422 kişi esa mamlakatdan köçib ketgan.

Qömita izohiga köra, 2026 yil 1 iyul holatidagi demografik körsatkiçlar joriy hisob-kitoblar, xususan, Adliya vazirligi va Içki işlar vazirligi ma’lumotlari integratsiyasi asosida şakllantirilgan. Aholini röyxatga olişning yakuniy natijalari e’lon qilingaç, doimiy aholi soni uşbu natijalar asosida belgilangan tartibda qayta e’lon qilinadi.