Italiya içki işlar vazirligi Ispaniya bilan Şengen kelişuvi amal qilişi vaqtinçalik töxtatilişi bois bu mamlakat bilan dengiz va havo çegaralarini yopişga qaror qildi, deb xabar qilmoqda ANSA agentligi.

Uşbu qaror mamlakat içki işlar vaziri Matteo Pyantedozi raisligida ötkazilgan immigratsiya va çegara xavfsizligi komissiyasi yiğilişidan söng qabul qilingan.

U keyinroq fransiyalik hamkasbi Loran Nuniyes bilan qönğiroqlaşgan. Ular ikki mamlakat örtasidagi quruqlik çegarasida nazoratni kuçaytiriş maqsadga muvofiq degan fikrga kelişgan.

Italiya taşqi işlar vaziri Antonio Tayani ham Ispaniya bilan Şengen kelişuvi amal qilişini töxtatib turilişini qöllab-quvvatladi. U bu qarorni fuqarolar va Yevropa çegaralari xavfsizligini himoya qiliş uçun “muhim” çora deb atadi.

Öz navbatida, Ispaniya boş vaziri Pedro Sançes Yevroittifoq mamlakatlarining Şengen hududini yopiş töğrisidagi çaqiriqlariga javob qaytardi.

«Birdamlik va hamdardlik – bu tanlov. Yevropa şartnomalari va faktlarga hurmat - yöq», - deb yozdi Sançes X tarmoğida.

U şuningdek, «hozir böliniş emas, kuçli va yagona YeI qurişni davom ettiriş vaqti» ekanligini ta’kidladi.

Ispaniya içki işlar vazirligining bildirişiça, Marokaşdan Ispaniyaning Seuta şahriga bir sutka içida kamida 49 ming nafar migrant kirib kelgan. Bu aholisi atigi 83 ming kişi bölgan şaharda migratsion inqiroz keltirib çiqardi.