Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, birinchi Fury samolyoti 27 iyul kuni konveyyerdan chiqqan. Bu zavod qurilishi e’lon qilinganidan atigi 557 kun o‘tgach amalga oshdi. Seriyali ishlab chiqarish esa mart oyida, dastlab rejalashtirilgan muddatdan uch oy oldin boshlangan.
Fury (FQ-44) AQSh Harbiy-havo kuchlari uchun ishlab chiqilayotgan yarim avtonom jangovar samolyot hisoblanadi. U inson ishtirokini qisqartirgan holda bir qator jangovar vazifalarni mustaqil bajarish imkoniyatiga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Iyun oyida AQSh Harbiy-havo kuchlari Fury loyihasini seriyali ishlab chiqarish bosqichiga o‘tkazish uchun tanlab oldi. Bu qaror samolyotning kelajakda rasman qurollanish ehtimolini yanada oshirdi.
Anduril ta’kidlashicha, Arsenal-1 majmuasidagi mavjud ishlab chiqarish liniyasi yiliga 150 tagacha Fury samolyotini ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxona qurilishi, barcha ruxsatnomalarni olish, ishlab chiqarish binolarini barpo etish, uskunalarni o‘rnatish, mutaxassislarni jalb qilish va birinchi samolyotni yig‘ish ishlari ikki yilga yetmas vaqt ichida amalga oshirilgan.
Qurilish to‘liq yakunlangach, Arsenal-1 Ohayo shtatidagi Rikenbaker xalqaro aeroporti yaqinida joylashgan 465 ming kvadrat metr maydonni egallaydigan zamonaviy sanoat majmuasiga aylanadi. U bevosita uchish-qo‘nish yo‘lagiga ulanadi, bu esa yangi samolyotlarni ishlab chiqarilgan joyning o‘zida sinovdan o‘tkazish va takomillashtirish imkonini beradi.
Fury ishlab chiqarishining yo‘lga qo‘yilishi Ohayo shtati hukumati amalga oshirayotgan aviatsiya va mudofaa sanoatini rivojlantirish strategiyasining bir qismi hisoblanadi. Hudud rahbariyati ilg‘or harbiy texnologiyalarni tezkor ravishda ommaviy ishlab chiqarishga o‘tkaza oladigan kompaniyalarni jalb qilishga alohida e’tibor qaratmoqda.
AQShda avtonom jangovar samolyot konveyyerdan chiqdi
09:144642 min
AQShning harbiy texnologiyalar sohasida faoliyat yurituvchi Anduril Industries kompaniyasi Ohayo shtatidagi yangi korxonasida Fury (FQ-44) yarim avtonom jangovar samolyotining birinchi namunasi yig‘ilganini ma’lum qildi. Bu mamlakatda avtonom jangovar tizimlar ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik sanoat majmualaridan biri bo‘lishi kutilgan Arsenal-1 loyihasidagi muhim bosqich sifatida baholanmoqda.











