Sotuvga qöyilgan fragment balandligi taxminan 2,7 metr bölib, 14 ta poğonadan iborat. Auksion oldidan uning qiymati 120–150 ming yevro atrofida baholangan edi. Biroq nomini oşkor qilmagan fransuz kolleksioneri eng yuqori narxni taklif qilib, noyob artefakt egasiga aylandi.

Uşbu zina Eyfel minorasining ikkinçi va uçinçi qavatlarini boğlab turgan. Aynan şu poğonalar orqali 1889 yildagi Butunjahon körgazmasi mehmonlari yuqoriga kötarilgan. Minora öşa körgazma uçun muhandis Gyustav Eyfel tomonidan qurilgan.

Qariyb 1,4 tonna oğirlikdagi konstruksiya 40 yildan ortiq vaqt xususiy kolleksiyada saqlangan. Sotuvdan oldin uni Eyfel minorasi bilan işlaydigan mutaxassislar restavratsiya qilgan.

Ma’lum qilinişiça, 1983 yilda xavfsizlik sabab uşbu zina demontaj qilinib, uning örniga zamonaviy liftlar örnatilgan. Keyinçalik konstruksiya 24 qismga bölingan.

Hozirda zina bölaklarining ayrimlari Nyu-Yorkdagi Ozodlik haykali yonida, Yaponiyadagi muzey va xususiy boğlarda, şuningdek Disneylendda saqlanmoqda.

Eyfel minorasi dastlab vaqtinçalik inşoot sifatida qurilgan bölib, körgazmadan keyin buzib taşlanişi rejalaştirilgan edi. Ammo vaqt ötişi bilan u Parijning asosiy ramziga aylandi.