Prezident Şavkat Mirziyoyev Kadastr agentligi faoliyatini yangiça yondaşuvlar asosida taşkil etiş, aholi va tadbirkorlarga körsatilayotgan xizmatlarni soddalaştiriş böyiça takliflar taqdimoti bilan tanişdi.

Taqdimotda agentlikning boşqaruv tuzilmasi ham tanqidiy tahlil qilindi.

Hozirda tuman va viloyat darajasida Kadastr agentligi hamda Kadastr palatasining alohida hududiy bölinmalari mavjud bölib, tizim amalda ikkita rahbar tomonidan boşqarilmoqda.

Tizimdagi xodimlarning 56 foizini rahbar va nazoratçilar, 44 foizini esa bevosita ijroçilar taşkil etadi. Işga qabul qiliş jarayonlarining murakkabligi sababli 700 dan ortiq iş örni vakant qolmoqda. Xodimlarning 40 foizi öz mutaxassisligi böyiça işlamayapti.

Qolaversa, viloyat darajasidagi rahbarlarga tuman bölinmalari rahbarlariga nisbatan intizomiy çora köriş vakolati berilmagan. Natijada ijroçi xodimlarning iş yuklamasi ortib, mehnatiga haq tölaş darajasi pastligiça qolmoqda.

Şu bois, kadastr xizmatlarini bosqiçma-bosqiç quyi böğinga tuşiriş va hududiy bölinmalarning vakolatlarini kengaytiriş taklif qilindi.

Respublika darajasida işlayotgan xodimlarning kamida 30 foizini tumanlarga ötkaziş, respublika, viloyat va tuman darajasidagi Kadastr palatasi va xizmat körsatiş tuzilmalarini birlaştiriş nazarda tutilmoqda. Bu orqali hududiy bölinmalarning mustaqilligi va mas’uliyati oşiriladi, xizmatlar fuqarolarga yaqinlaştiriladi.

Tuzilmaviy özgarişlar jarayonida aholi sarson bölmasligi uçun bir hafta muddatda “Kadastr maslahat burçagi” va “Tezkor kadastr” xizmatlarini yölga qöyiş vazifasi belgilandi.

Mutasaddilarga xizmatlarni soddalaştiriş, ortiqça bosqiç va tölovlarni qisqartiriş, qaror qabul qiliş vakolatlarini quyi böğinga tuşiriş hamda soha xodimlarining mehnat şaroitlarini yaxşilaş yuzasidan tegişli topşiriqlar berildi.