Toşkent şahrida yaşovçi aka-uka kottej savdosi ortidan tovlamaçilik qilgani aniqlanib, jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 1979-yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan şaxs hamda uning 1988-yilda tuğilgan ukasi özaro til biriktirib, mahalliy fuqaro tomonidan Toşkent tumanida qurilgan kottej uyni 66 ming dollarga sotib olişga kelişgan.
Dastlab ular uy egasiga 30 ming dollar berib, qolgan 36 ming dollarni 6 oy muddat içida berişlarini aytgan hamda 2022-yilning may oyida kottejni 1976-yilda tuğilgan öz akasi nomiga notarial tartibda rasmiylaştirib olişgan. Ammo keyinçalik aka-uka qolgan 36 ming dollarni bermasliklarini aytib, agarda pulni sörasa, fuqaroga nisbatan tazyiq ötkaziş bilan qörqitgan.
DXX Toşkent şahar böyiça boşqarmasi va poytaxt IIBB xodimlari tomonidan körilgan çora-tadbirlar natijasida aka-uka qölga olinib, ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a” bandi (juda köp miqdorda tovlamaçilik) bilan jinoyat işi qözğatildi. Unda aybdor şaxslarga nisbatan 10 yildan 15 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi közda tutilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.









