Toşkent şahrida fuqarolardan yirik miqdordagi mablağlarni tovlamaçilik yöli bilan undirganlikda gumonlangan şaxs qölga olindi.
Toşkent şahar içki işlar boşqarmasiga köra, ikki fuqaro huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qilib, ulardan biri özini Izzat deb taniştirgan şaxs undan qörqitiş va zöravonlik orqali jami 70 ming dollar olganini, ikkinçisi esa biznesga majburan şerik qilingani, avtomobil sotib olişga hamda 38 ming dollar berişga majbur bölganini aytib bergan.
Tergovga qadar tekşiruv davomida yana bir ayol ham murojaat qilib, şaxsiy suratlarini tarqatiş bilan qörqitilganini va jinsiy aloqaga majburlanganini bildirgan.
Tezkor tadbir davomida gumonlanuvçi 1988-yilda tuğilgan Isoq ismli, «Izzat Nazarbek» laqabi bilan tanilgan şaxs ekani aniqlanib, Uçtepa tumanidagi sport zalida qölga olingan. Uning yonidan ikki dona «Baykal» rusumli töpponça, öq-dorilar, piçoqlar va töpponça ğilofi topilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi «a» bandi hamda 121-moddasi 4-qismi «v» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçiga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllangan.












