Turkiya, Saudiya va Pokiston qöşma mudofaa paktini imzoladi. Bu qanday kelişuv?
|23:01 / 07.08.202632 2679 min
«Makka qöşma mudofaa kelişuvi» Yaqin Şarqda «xavfsizlik arxitekturasini qayta şakllantirişi» aytilmoqda. Kelişuvga köra, uşbu davlatlardan birortasiga qilingan qurolli hujum barçaga qilingan hujum, deb baholaşni nazarda tutadi.
Foto: AP Photo Rajab Toyyib Erdöğan, Muhammad bin Salmon va Şahboz ŞarifFoto: AP Photo Rajab Toyyib Erdöğan, Muhammad bin Salmon va Şahboz Şarif
AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi ortidan Yaqin Şarqda keskinlik kuçayişda davom etayotgan bir paytda Saudiya Arabistoni, Pokiston va Turkiya qöşma mudofaa paktini imzoladi.
«Makka qöşma mudofaa kelişuvi» (Mecca Joint Defence Agreement) deb nomlangan uşbu bitim 7-avgust kuni muqaddas Makka şahrida – Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan, Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi va boş vaziri Muhammad bin Salmon hamda Pokiston boş vaziri Şahboz Şarif tomonidan imzolandi.
Hamkorlarning ta’kidlaşiça, uşbu pakt – uçalasidan birortasiga qilingan qurolli hujum barçaga qilingan hujum deb baholanişini belgilaydi. Bu orqali har qanday tajovuzkor harakatga qarşi jamoaviy tiyib turişni ta’minlaş möljallangan.
Uşbu bitim boş vaziri Şahboz Şarif Pokistonning qudratli armiyasi rahbari Asim Munir hamrohligida Makkada Umra ziyoratini ado etganidan bir kun ötib imzolandi. Turkiya prezidenti ham juma kuni valiahd şahzoda Muhammad bin Salmon bilan uçraşiş uçun qirollikka kelgandi.
Nega aynan hozir?
Al Jazeera'ning yozişiça, Anqara, Ar-Riyod va Islomobod örtasidagi mudofaa kelişuvi ustida bir munça vaqtdan beri işlanayotgan edi. Muzokaralar 2023-yil oktyabrda Ğazoda Isroil genotsidi boşlangandan söng darhol boşlangan. AQŞ va Isroilning Eronga qarşi olib borayotgan uruşi esa muzokaralarni jadallaştirdi.
Joriy yil 19-mart kuni Turkiya, Pokiston va Saudiya Arabistoni taşqi işlar vazirlari Ar-Riyodda uçraşib, qöşma xavfsizlik kelişuvi qanday bölişi mumkinligini muhokama qilişgandi. Uşbu uçraşuvdan oldin, 2025-yil sentyabrida Pokiston va Saudiya Arabistoni özaro mudofaa kelişuvini ham imzolagan edi. Bu kelişuv 2025-yil 9 sentyabrda Isroilning Qatar poytaxti Dohaga qilgan hujumi ortidan qabul qilingan.
Foto: AP Photo
Erondagi uruş boşlangaç hozirça Turkiya va Pokiston mintaqadagi keskinlikdan töğridan-töğri zarar körmadi. Ammo, AQŞning harbiy ob’yektlari va infratuzilmasiga mezbonlik qiluvçi Saudiya Arabistoni Eron va uning ittifoqçilari hujumiga uçradi.
Mavzuga oid
Bu uçta davlatni Eron uruşining ta’siri, Isroilning mintaqadagi kuçayib borayotgan beboşliklari va hujumlari ayniqsa xavotirga solmoqda. Isroil Hizbullohning tayanç nuqtalarini nişonga olmoqdamiz, degan bahona bilan Livanning qariyb beşdan bir qismini egallab oldi. Ayni paytda Iroqdagi Eron qöllaydigan guruhlar Saudiya Arabistoniga dron hujumlari uyuştirganlikda ayblanib, özlari ham hujumlar ostida qolişgan.
Xullas, mintaqadagi kuçayib borayotgan keskinlik haqiqatan ham uşbu mamlakatlarni birlaşişga majbur qilgan.
Uşbu pakt nima beradi?
Naşrning yozişiça, uç tomonlama kelişuv Anqara va Islomobod örtasida amalda bölgan paktga asoslanişi tuşuniladi. Tahlilçilarning fikriga köra, u har bir mamlakatning harbiy va moliyaviy kuçidan foydalanişga xizmat qiladi. Turkiya NATOdagi ikkinçi eng yirik armiyaga ega bölsa, Saudiya Arabistoni dunyodagi eng yirik neft eksportçisi hisoblanadi, Pokiston esa yadro quroliga ega bölgan yagona musulmon davlatidir.
Ular qöşma bayonotda ta’kidlaşlariça, «Makka qöşma mudofaa kelişuvi» har qanday tajovuzkor harakatga qarşi jamoaviy tiyib turişni kuçaytirişga qaratilgan bölib, uçtasidan birortasiga qilingan qurolli hujum barçaga qilingan hujum deb baholanişini belgilaydi.
Reutersʼning yozişiça, biroq bayonotda har biri öz zimmasiga olgan majburiyatlar böyiça aniq ma’lumotlar keltirilmagan. Ularning kelişuvi bir-birini himoya qilişda qandaydir muayyan harbiy harakatlarga qançalik majbur qilişi hozirça aniq emas.
Turkiya vitse-prezidenti Jevdet Yilmazning aytişiça, uç davlat örtasidagi kelişuv mudofaa xususiyatiga ega va u heç qanday aniq iştirokçiga qaratilmagan. Şuningdek, pakt mintaqadagi boşqa mamlakatlar uçun ham oçiq.
Foto: Anadolu
Tahlilçilarga köra, uçta hamkor bir-birini töldiruvçi kuçlarga ega. Jumladan, Turkiyaning mudofaa-sanoat salohiyati, Saudiyaning moliyaviy qudrati va ta’siri mavjud. Pokistonning harbiy tajribasi, strategik tiyib turiş kuçi, ya’ni yadroviy bombasi bor.
Uçraşuvda Pokiston va Turkiya mintaqaviy kema qatnovi va energiya yönalişlarini himoya qiliş uçun Saudiya e’lon qilgan dengiz mudofaa koalitsiyasini qöllab-quvvatlaşini bildirdi.
Aslida Pokiston önlab yillar davomida Saudiya Arabistoni kuçlariga ta’lim va texnik yordam körsatib keladi. Turkiya va Pokiston esa harbiy kemalar hamda öquv samolyotlari bilan almaşişgan. Saudiya Arabistoni Turkiyadan dronlarning yirik xaridori hisoblanadi.
Şu bilan birga Pokiston podşohlikka qariyb 8 000 nafar askar, qiruvçi samolyotlar, dronlar va havo mudofaasi tizimini joylaştirgan.
Eron qanday munosabat bildirdi?
Eron rahbariyati tomonidan hozirça heç qanday rasmiy bayonot berilgani yöq. Biroq eronlik deputat Ibrohim Rizoiy juma kuni postida uşbu paktni tanqid qildi.
«Saudiylar şuni bilişi kerakki, Turkiya va Pokiston bilan tuzilgan qoğozdagi kelişuv ularga – xuddi amerikaliklarga yillar davomida bir tomonlama qaramlik xavfsizlik keltirmaganidek, xavfsizlik olib kelmaydi,» deb yozdi u.
«Siyosatingizni şunday isloh qilingki, boşqalardan xavfsizlik tilaşga muhtoj bölmang», deya qöşimça qildi u.
Bu pakt Isroil uçun nimani anglatadi?
Hozirça Isroil boş vaziri ofisi ham, Isroil taşqi işlar vazirligi ham Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston örtasidagi yangi mudofaa pakti yuzasidan izoh bermadi.
Bu uç davlat Isroilning ta’siri va uning mintaqadagi hujumlaridan xavotirda ekani quruq gap emas. Joriy yil iyulda Erdöğan Istanbulda Pokiston boş vazirini qabul qilgan va Yaqin Şarqdagi tinçlik harakatlari mintaqaviy yordamsiz muvaffaqiyat qozona olmasligini aytgandi. U Isroilga AQŞ-Eron kelişuvini «portlatib yuborişiga» yöl qöyilmasligi kerakligini qöşimça qilgan.
Foto: SPA
Erdöğan Isroilning Ğazo, Livan va Suriyadagi hujumlarini ham qayta-qayta qoralab keladi.
Öz navbatida, Pokiston ham Ğazoda Isroil olib borayotgan genotsid uruşini va «Buyuk Isroil» deb ataladigan har qanday ğoyani ham qoralaydi. Biroq AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşida Pokiston mintaqaviy uruşning oldini olişga intilib, vositaçi rolini öz zimmasiga oldi.
Reutersʼning yozişiça, Hindiston Taşqi işlar vazirligi uşbu pakt mamlakat diqqat bilan kuzatib borayotgan jarayonlardan biri ekanini ta’kidlagan.
Tahlilçilar nima deydi?
Xalqaro Inqiroz Guruhining Körfaz va Arabiston yarim oroli mintaqasi böyiça loyiha direktori Yasmin Faruk 20-iyul kungi hisobotida uşbu davlatlar örtasidagi mudofaa kelişuviga töxtalgan.
Bu davlatlar «xavfsizlikni bir tomondan AQŞ va Isroil, ikkinçi tomondan esa Eron örtasidagi raqobatning ixtiyoriga topşirib qöyiş mumkin emas» degan maşaqqatli xulosaga kelgan.
«Uşbu mamlakatlarning köplab rasmiylari AQŞ va Isroil Eronga hujum boşlaşidan oldinroq bunday xulosaga kelişgandi. Biroq uruş va undan keyingi Eronning qasos harakatlari, Hörmuz böğozining yopilişi bu masalaga yangi va keçiktirib bölmas turtki berdi,» deydi Yasmin.
Uning aytişiça, Isroil va AQŞdagi qator siyosiy şarhlovçilar va rasmiylari uşbu qöşma xavfsizlik dinamikasini «sunniy davlatlarning Isroilga yoki Isroil/BAAga qarşi bloki» sifatida baholagan. Xususan, joriy fevral oyida Quddusda bölib ötgan konferensiyada Isroilning sobiq boş vaziri Naftali Bennet Turkiyani «yangi Eron» ekanligini ta’kidlagandi.
Foto: Anadolu
Biroq, Saudiya Arabistonining ommaviy diplomatiya böyiça vazir örinbosari Rayed Krimli uşbu bitim harbiy öq yoki mazhablar blokini yaratişga qaratilgan harakatni anglatmasligini aytdi. «Şuningdek, u qandaydir yadroviy ambitsiyalar yoki qurollaniş poygasiga ham boğliq emas,» dedi u.
Turkiyalik siyosatşunos Murat Aslanning aytişiça, uşbu pakt «salohiyatni oşiriş»ni ham qamrab olişi kutilmoqda.
«Saudiya Arabistoni önlab yillar davomida mudofaa mahsulotlari, qurol-yaroğ yoki jihozlarni import qilişda asosan Qöşma Ştatlarga qaram bölib kelgan. Şuningdek, buning iqtisodiy jihatdan tejamkor emasligini va ular Saudiya Arabistoni içida özlarining mudofaa sektorini barpo etişlari kerakligini bilamiz," deydi Aslan.