Ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida qurilayotgan köprik balkasi bir tomonga oğib ketgani tasvirlangan video tarqaldi.
Avtomobil yöllari qömitasi tomonidan berilgan izohga köra, voqea 6-avgust kuni Islom taraqqiyot banki va OPEK jamğarmasi iştirokidagi M-39 Olmaota-Bişkek-Toşkent-Şahrisabz-Termiz avtomobil yölining 1255-1315-kilometr (60 km) qismini rekonstruksiya qiliş loyihasi ob’yektida quriliş-montaj işlari vaqtida yuz bergan.
Qayd etilişiça, yangi qurilayotgan ikki sathli qayrilib oliş sun’iy inşootining balkalari montaj qilinayotgan vaqtda kranning bir tomoni oldin kötarilgani sabab balkaning ikkinçi tomoniga ortiqça yuklaniş kuçi tuşgan va balka sinib qulab tuşgan.
“Köprik balkasi (ayniqsa, oldindan zöriqtirilgan beton balka) yiğiş paytida işdan çiqişi mumkin, çunki u duç keladigan yuk şaroitlari balka möljallangan şaroitlardan butunlay farq qilişi mumkin. Balkalar odatda vertikal ravişda işlaş va öz oğirligini şu öq böylab ötkaziş uçun möljallangan. Loyiha doirasida quruvçi konsultant taşkilot tomonidan ham uşbu holat tasdiqlangan”, deyiladi rasmiy izohda.
Hodisa oqibatida heç kimga zarar yetmaganligi aytilmoqda. Hozirda loyiha Muhandis-maslahatçi taşkiloti Temelsu International Engineering Services Inc. kompaniyasi mutaxassislari tomonidan hodisa sabablari yuzasidan örganiş işlari boşlangan.












